Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Sensiz" filmi rejissyori kim o‘zi, Akbarmi yo Dilmurod?

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissyor Dilmurod Turdiboyevning "Sensiz” nomli filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.  Ushbu filmni rejissyor Akbar Bekturdiev suratga olayotgani haqida xabar bergan edik. Biroq nima sababdandir film premerasida kartina rejissyori sifatida Dilmurod Turdiboyev tanishtirildi. Filmda bosh rollarni Munavvara Abdullayeva, Rayhon Ulasenova, Dilnoza Kubayeva, Alisher Uzoqov, Yoqub Ahmedovlar ijro etishgan. Film xususida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unda albatta professional ijodkorlarning mehnati sezilib turibdi. Xususan, aktyor Alisher Uzoqov ijro mahorati bo‘yicha aynan shu filmda o‘zini yaqqol namoyon etgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Dilnoza Kubayeva ijrosi ham tahsinga loyiq. Film mazmuniga ko‘ra Dilnoza Kubayeva ijrosidagi Malika radioboshlovchi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq u opasining turmush o‘rtog‘i, ya’ni pochchasi bilan hech chiqisha olmaydi. Bu orada esa opasi olamdan o‘tib farzandlarning tarbiyasi, uning uyidagi yumushlar Malikaning gardaniga tushadi. Film mazmuni turli mayda voqealar, xususan Malikaning onasi va opasining o‘g‘li kasal bo‘lib qolishi kabi voqealar bilan boyitilgan. O‘zining kelgusi hayotini o‘ylagan Malika pochchasi bilan birga ishlaydigan qizdan, pochchasiga turmushga chiqishini so‘raydi. Biroq u rozi bo‘lmaydi. Malika esa ayni vaqtda o‘z sevgan yigiti bilan turmush qurishni rejalashtirayotgan edi... Xullas, voqealar biroz bo‘rttirilgani sabab reallikdan ancha yiroqlik yuzaga kelgan. Xususan film so‘nggida hamma endi Malika pochchasiga turmushga chiqsa kerak deb o‘ylagandi. Va albatta shunday bo‘ldi ham. Ijodkorlar film yakunini tomoshabin kutmagan holda yakunlashsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan tashqari, filmda qahramonlarning kelgusi hayoti to‘liq ochib berilmagan. Xuddiki, filmning mantiqiy davomi bordek. 



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2666 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Sensiz Filmi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное