Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Sergeli mashina bozori Chinozga ko‘chadimi?


Xalq orasida Toshkentdagi Sergeli mashina bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” kompaniyasi) Toshkent viloyatiga ko‘chiralayotgani haqida gap so‘zlar tarqaldi. O‘zA Toshkent shahar hokimiyatining axborot xizmati bilan bog‘lanib, bu boradagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

“Haqiqatan Sergelidagi mashina bozori Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Biroq Chinoz tumanida bozorga aylantirilishi kerak bo‘lgan hudud talabga javob bermaganligi bois, bozorni ko‘chirish qoldirildi. Chinoz tumanida mashina bozori uchun mo‘ljallangan hududni tartibga keltirish lozim. Bu esa o‘z o‘rnida vaqt talab etadi. Ayni damda bozor qachon Chinoz tumaniga o‘tkazilishi ma’lum emas”, — deydi axborot xizmati vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Sergeli tumanida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadlarini ko‘zlagan. Tuman hududida joylashgan avtomobil bozori ortiqcha tirbandliklarga sabab bo‘lib, aholiga qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu maqsadda hukumat mazkur bozorni Toshkent viloyati hududiga ko‘chirish bo‘yicha takliflarini bergan. Mazkur takliflar Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 10-iyul kuni Sergeli tumaniga tashrifi doirasida muhokama qilingan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3892 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sergeli mashina bozori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное