Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Seriallarning asosiy buyurtmachisi o‘zingiz bo‘lsangiz”. Komil Allamjonov “Sevimli”dagi serialni mazmunan sayoz deb aytgan Firdavs Abduxoli

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialidagi axloqsiz sahna aks etgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilgandi. Keyinroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov (“Sevimli” telekanali rahbari Amira Rashidovaning otasi) xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan milliy seriallar bo‘yicha izoh berdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Abduxoliqovning izohiga munosabat bildirib, bu kabi masalalarni “uyda kelishib olish” kerakligini kinoya qilgan.

Firdavs Abduxoliqov “Sevimli” kanalida efirga uzatilgan “Sabriya” seriali haqiqatan ham badiiy va mazmunan sayoz, telekanal ta’sischilari va ijodiy jamoasi buni, albatta, inobatga olib, zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishi darkor deb, munosabat bildiribdi.

Shu masalani uyda kelishib olsangiz bo‘lmaydimi? “Qalampir.uz”ning yozishicha, “Sevimli” kanali qizingiz va o‘g‘lingizga ham tegishli, seriallarning davlat mablag‘lari evaziga asosiy buyurtmachisi esa o‘zingiz, kinolar sifatiga ham asosiy mas’ul o‘zingiz bo‘lsangiz.

Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi 

Ma’lumot uchun, “Sevimli” telekanali 2017-yil 1-aprel kuni “Karavan” nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan butun oila uchun mo‘ljallangan nodavlat musiqiy-ko‘ngilochar va ma’rifiy televizion kanal hisoblanadi. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, telekanal Firdavs Abduxoliqovga tegishli, hozirda unga Amira Rashidova — Abduxoliqovning qizi rahbarlik qilmoqda.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva ham ushbu serialni tanqid qilib, badiiy kengashlar va mutasaddi tashkilotlarni bu kabi kontentga qonun va etika nuqtayi nazaridan xulosa berishga chaqirgandi. 20-yanvar kuni “Sevimli” telekanali ta’sischilarining umumiy yig‘ilishida telekanal bosh direktori va bosh muharriri vazifasidan ozod etilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1323 | Рейтинг: 0| Рейтинг: buyurtmachisi, mazmunan, Komil, Seriallarning, asosiy, Allamjonov, sayoz, Abduxoliqov, DEB, O‘zingiz, Sevimlidagi, Firdavs, bo‘lsangiz, haqida, aytgan, serialni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное