Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Setora” guruhi: “San`atni deb oilani qurbon qilganimizdan afsusdamiz”



Darakchi” gazetasining “O`zbegim oshxonasi” loyihasida mehmon bo`lgan “Setora” guruhining xonandalari Kamila Xodjaeva va Laylo Galieva ayni paytdagi ijod va shaxsiy hayotdagi yangiliklar bilan o`rtoqlashdi.

“Farzand tarbiyasi oson ish emas. San`atni deb, shaxsiy hayotingizni qurbon qilganingiz, o`g`lingizga etarlicha vaqt ajratmaganingizdan bugun afsuslanmaysizmi?” degan savolga xonandalar quyidagicha javob berdi:

Kamila Xodjaeva: — Hammamizdan ko`proq Feruzaga qiyin bo`lgandi. Son-sanog`i yo`q konsertlardagi ishtirok uchun ikki haftalik chaqaloqni tashlab, gastrolga ketish bu – haqiqiy qurbonlik edi. Uchovimizning oramizdan menga engilroq bo`lgan. Ona suti bilan katta bo`layotgan olti oylik o`g`limni o`zim bilan olib yurganimda, Feruza bilan Layloga qanchalik qiyin bo`lganini tushunganman. Chet eldagi 4 yillik o`qishim sabab, o`g`limdan uzoqda yashashga bazo`r chidagandim. Musofirchilikda oila hamma narsadan ustun ekanini to`la anglab etdim. Anglagan yana bir haqiqatim shuki, boshqa davlatlardan farqli o`laroq yurtimizda ona va bolalik muhofazalanganligi, onalar tug`ruq puli bilan ta`minlanishi, farzandlarimiz uchun boshlang`ich ta`lim bepulligini qadriga etishimiz kerak.

Leyli Galieva: — Menga qiyin bo`lgan tarafi konsertdagi tanaffuslar orasida hali chaqaloq bo`lgan o`g`limni qornini to`ydirib olardim. Guruhimiz tarqalgach, farzandimizga vaqt ajratishga to`la imkonimiz bo`lgan. Hozir Feruzaga havasimiz kelyapti. Ikkinchi bor onalik baxtiga erishib, uning lazatini endi to`la his qilyapti. Ilk bor ona bo`lganimizda uchalamiz ham yosh bo`lganmiz-da, gashtini tushunmaganmiz.

“Setora” guruhi bilan to`liq suhbatni “Darakchi” gazetasining 5-sonida o`qishingiz mumkin.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4805 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Setora guruhi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное