Sevara
Nazarxon Rossiyaning "Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘lganligi haqida xabar
bergan edik. "Shanson” radiosi saytida ma’lum qilinishicha, u bu
sovrin o‘zi uchun katta sovg‘a ekanligini e’tirof etgan.
"Mukofotga sazovor bo‘lganimni o‘zim yaqindagina, "Jonli
tor” ("Jivaya struna”) dasturida ishtirok etish uchun "Shanson” radiosi
studiyasiga kelganimda bildim, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon. – Mehnatim mahsulini "Yil shansoni”
mukofotiga loyiq ko‘rishlari – men uchun katta sovg‘a. Oramizda shunday
do‘stlik boshlanganidan juda xursandman”.
Sevaraning
e’tirof etishicha, u hamisha shansonni yaxshi ko‘rgan. U Vertinskiy, Okudjava
asarlarini sevib tinglaydi.
"Kremldagi
sahnada turib, Bulat Shalvovichning "Gruzincha qo‘shig‘i”ni kuylash men uchun
ulkan sharaf bo‘ladi, – deydi u. – Bu qo‘shiq juda samimiy, mayin, vokal
jihatidan qulay. Men uni ko‘p marta mashq qilib ko‘rdim va endi bu chiqishni
sabrsizlik bilan kutmoqdaman. "Shanson” radiosining barcha tinglovchilariga
imkon qadar ko‘p yaxshi musiqalar, yaxshi qo‘shiqlar tilayman!”
Shuningdek,
6-aprelga o‘tar tunda Sevara Nazarxon o‘zining Facebook sahifasiga mazkur
sovrinni qo‘lida ushlab olgan selfi-suratini joylagan. Unga:
"Shanson” radiosidan buni olib, darrov aeroportga qarab yo‘lga tushdim!” deya
izoh bergan.