Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SERIALLAR HAQIDA

Sevgi Iztirobi: Amirning ukasi bor (mi?) 69-73 qismlar (Haftalik voqealar rivoji)

Telbalarchi sevuchi qalblar haqidagi sevimli serialimiz davom etadi.
Voqealar rivoji saytimizda yozilayotgani haqida do’stlaringizga ham habar bering, maqola qancha ko’p o’qilsa biz davomini yozish haqida hulosa qilishimiz onson bo’ladi.
Demak Haftalik voqealar rivoji (69-73 QISMLAR)
Asu Kamoldan bo‘sa oladi, Kamol: Asu bu nima qilganing, deb so’raydi, Asu bu uchun uzr so’raydi, hisiyotlarini yashira olmaganligni aytadi. Kamol esa: Asu bunday hatoni boshqa takrorlama, bunday boshqa qilma iltimos deb aytadi.
Asu keyin afsuslanidigan ish qilishni hohlamasligini, sevgisini ko’rsatishni hohlashini, Kamol uchun hamma narsaga tayyor ekanlini aytadi. Men hursand bo’lsam ham, ichim yonsa ham barcha men bilan bo’ladigan ishlarga faqat sen sabab Kamol deb aytadi.
Kamol esa ularning yo’li ayro ekanligi, u sevgan yor boshqa ekanligini aytganida, Asu: bilaman, sening yo’ling Nihon bilan, shu sabab ham mening ichim yonmoqda deb, ketib qoladi.
Ularni chetdan kuzatib turgan Nihon ham yeg’lagancha u yerni tark etadi. U Kamolni bir umrga yoqotdim degan fikrga boradi.
    Bir tomonda janob Haqqi Karajahan (Asuning amakisi) Kamolni to’yga undasa, boshqa tomondan Kamolning onasi ham o’g’lini bu to’yga majburlaydi, To’ylarini ko’rishni hohlashini aytadi. Kamol: Yo’q onajon, men bunga rozi bo’lolmayman, bu shunchaki turmusht emas, bu qalb ishi, mening qalbim, mening yuragim Asuga tegishli emas. U boshqa odamga tegishli shu sababli men Asuga uylanolmayman deb aytadi. Tabiyki bu gaplar Kamolni onasiga yoqmaydi va yo Nihonni yo onangni tanlaysan deb chiqib ketadi.
    Kamol Karenning qotili akasi Toriq emasligini isbotlovchi dalillar qidiradi va shu sabab Bonuning oldiga boradi. Bonudan haqiqatni so’raganda Bonu Kamolga Toriqning qonga bo’yalgan, o’sha tundagi ko’ylagini beradi. Bo’ldi, Kamol endi qotil Toriq ekanligiga ishonchi komil. Buni aniq bilish uchun aksidan so’raydi, afsuski akasi ham buni tasdiqlaydi, Amirni topshirig’iga ko’ra Karenni bilmasdan o’ldirib qo’yganligni aytadi.
    Kamol o’z akasi qotilligi haqida palitsiyaga habar beradi va Toriqning ko’ylagini beradi. Bu bo’yicha Toriqni mahkamaga olib kelishadi. Toriq u yerdan Amirga qo’ng’iroq qilib, bo’lgan voqeylikni aytadi. Aslida bu voqealarni barchasi Amirni rejasi edi, U avvaldan Kamol o’z akasini palitsiyaga berishini rejalashtirgan edi, bu bilan aka-ukani bir biriga dushman qilish rejalashtirilgan edi.
Amir kelib Toriqni qutqaradi, aslida Bonu bergan ko’ylak boshqa bo’lib, undagi qon ham Karenga tegishli bo’lmaydi. Bu ham Amirni ishi edi. Ammo Toriq Bonuning bu ishini kechirmaydi. Ancha vaqtgacha u bilan gaplashmay yuradi. Bundan Bonu qiynaladi, sababi u chindan ham Toriqni sevib qolgan edi.
    Kamol Amirning bu ishini tushungandan so’ng yanayam jaxli chiqib ketadi va Amirning yashirin sirlani aniqlashga kirishadi. Bunda eng avvalo uning onasiga nima bo’lganligini aniqlashga kirishadi. Nega onasini borligini barchadan yashirishlari bo’yicha ma’lumotlar qidiradi.
    Eng avvalo Muzjon Ko’zjio’g’lining shaxsiy shifokori, so’ng o’lim haqidagi ish bilan shug’illangan prokuror Sedad Hujao’g’lini topadi, prokuror esa bu ishda guvohlik bergan Muzjon Ko’zjiog’lining dugonasi Nursen Aran ekanligini biladi. 
    Nursen Aran bilan suhbatlashgandan so’ng esa Kamolga deyarli barcha narsa aniq bo’ladi. Tamom Kamol hatto Amirning o’zi ham bilmaydigan sirni aniqlagandi. Buni aytish uchun Amirning oldiga boradi.
    Kamol Amirga onasining o’limi o’z joniga qasd qilish emasligini, aslida onasining hushtori borligi va buni bilgan otasi uni tomdan sakrashga majbur qilib, itarib yuborganlgini aytadi. 
    Kamol: Menga qara Amir sen meni akamni tortib olgan bo’lsang, men senga qaytarib beraman, seni hatto o’zing ham bilmaydigan ukang bor, onangni boshqadan farzandi bor ekanligni bilgan otang, onaningni o’ldirgan, deb aytadi.
    Bu suxbat vaqtida G’olib Ko’zjio’g’li kirib kelib, Kamolning gaplari yolg’on ekanligi, Kamolni bu yerdan haydashini aytadi. Ammo kech edi, Kamol Amirni ishontirib bo’lgan edi.
    Ha hurmatli tomoshabin, chidan ham shunday, lekin kichik hatolik Amirning ukasi emas, singlisi bor edi. Avvaliga Amir ham Kamol ham bu nomalum uka To’fon (Amirning ishchisi) bo’lsa kerak deb o’ylashadi. Amir ham Kamol ham DNK testini o’tkazishadi. Laborotoriyadan Amirga telifon qilib, test ijobiy ekanligi 90% ga u sizning ukangiz deb aytishadi. Ammo bu yerda hiyla bore edi, chunki To’fon Amir aniqlayotgan test natijalaridagi o’zining qonini ho’jayning qoni bilan almashtirib qo’ygan edi.
    G’olib Ko’zjio’g’li Haqqi Karajahondan Kamolni ishdan olishni aytadi, Shunda Haqqibey bunday qilmasligini chunki Kamol uning merosho’ri va kompaniyaning teng yarmi bo’lajak soxibi ekanligini aytadi…

Serialni ko’rishda davom eting, eng qiziqarli voqealar hali oldinda…

(Eslatma: Yuqoridagi voqealar rivojida haftalik voqelikning eng qiziq holatlarigina bayon etilgan. Batafsil tavsilotlari bilan faqatgina filmning har bir qismini ko’rib baho berishingiz mumkin).


Manba:tarona.net
Категория: SERIALLAR HAQIDA
Просмотров: 15602 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное