Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SERIALLAR HAQIDA

SEVGI IZTIROBI: Ikkiyuzlamachi Zaynab sodda O'zanning o'limiga sabab bo'ladi

Ko'plab muxlislarni o'ziga jalb qilib ulgurgan Sevgi Iztirobi (Kara Sevda / Черная любовь) seriali voqealari borgan sayin qiziqarli tus olmoqda.
Aytish joyizki serial senariysi juda ajoyib tarzda yozilgan. Faqat ZorTv telekanali ushbu serialni bir (2 soatlik) qismini uchga bo'lib (40 minutlik holatda) bizga taqdim etishmoqda. Shu sababmi ayrim tomoshabinlarimizdan kichik e'tirozlar serial cho'zib yuborilganli haqidagi fikrlar kelib tushmoqda.

Bugungi kunda mana O'zanni ham qo'lga olishdi. Amir esa Asu uning singlisi ekanligini aniqladi. Endi Asu nima qilar ekan.
Serialdagi bir qahramon Zaynab o'brizi haqida bizning ijtimoiy tarmoqdagi saxifalarimizda turli-xil yomon fikrlar kelib tushmoqda. Shu sabab ushbu qahramonga va shu bilan birga mazkur serial ma'naviy saviyasi haqidagi fikrlarimni sizlar bilan o'rtoqlashsam degandim.
Zaynab - Tabiatan sho'x, yengil-yelpi hayotni hush ko'ruvchi, o'z maqsadi yo'lida hech narsadan qaytmaydigan, oila atalmush muqqaddas tushuncha haqida hech qanday ma'lumotga ega bo'lmagan salbiy qahramon.
Zaynab bugungi kunga qadar nimalar qildi, maylin o'tmishni qo'ya turaylik. Boylik ilinjida va shu bilan birga o'z nomini oqlash uchun O'zan bilan turmush qurdi. Endi eri uchun yashashi kerak emasmi. Yo'q, bu unga kam. O'z eriga qoniqmay qolgan Zaynabxon Amir to'shagiga kirishni istab qoldi. Ho'sh natija nima bo'ldi, bu sho'xliklar o'z mevasini berdi. Zaynab homilador. 
O'z turmush o'rtog'i bo'la turib, boshqaning to'shagiga kirish to'g'rimi, yana undan homilador bo'lish. Amir bu bolaning tug'ilishiga aslo yo'l qo'ymaydi, Uni tug'ilishini oldishi turgan gapku. Farzand judosi sizga ta'sir qiladimi Zaynabxon. Yo'q. Afsuski bundaylarga farzand judoligi, farzandining azobi ham tasir qilmaydi. Zaynab va u kabilarda faqat bir maqsad o'z hirsini qondirish degan hohish bo'ladi halos.
Eng achinarlisi haqiqatni tan olmasligi, yuzingizga qarab turib, men unday emasman. Men uni qilmaganman, deya o'zini bechoraxon jabirdida qilib ko'rsatgan holda o'zgalar raximini keltirishga urinishi daxshatli.
Bundaylarga vijdon degan tuyg'u begona.

*** 
Hozirgi kunda Zaynab kabi ayol qizlar bizning jamiyatimizda, oramizda ham ko'plab uchraydi. Turmushiga bir yil bo'lar-bo'lmas alohida yashash va ajrashishlar guvohi bo'lmoqdamiz. Bunga sabab nima. Albatta Zaynab kabi yengil-yelpi hayotga o'rgangan, qiyinchilikka chidamaydigan, sabr yetishmaydigan qizlarda.
O'zini haq eganligini ko'rsatish va boshqalarni yalintirish uchun qizlik uyiga chopish kabi ayyorliklar bizning o'zbek halqimiz orasida ham ko'plab uchraydi.
Ho'sh uyiga qaytib kelgan juvon hayoti qanday bo'ladi. Ersiz bir oy yashar, ikki, uch oy yashar, ammo chidasa uzog'i besht oy chidaydi. Keyin esa erkak kishiga hohish juda ham kuchayib ketadi.
Keyin nima qiladi, albatta avvalgi hunarini davom ettiradi. Bu ishlarni qilish davrida u to'g'ri qilmoqdaman, men ham yashashim kerakku deb o'zini oqlaydi halos.

Ota-onachi, nahotki bizning jamiyatimizdagi ota-onalar ham chet-eldagi ota-onalar kabi farzandi balog'at yoshiga yetgandan so'ng, uning taqdiriga befarq bo'lib qolishgan bo'lishsa.

Bu ishni qilayotgan Zaynab kabilarchi. Nahot ular qilayotgan ishlarining gunohi begunoh farzandlariga urishi mumkinligidan qo'riqishmasa. 

Birgina Zaynab hayotini olaylik, Bu qiz to'g'ri hozir hursand bo'lib yuribdi, ammo kunlar o'tib keksayganda yonida hech kim bo'lmasligini nahot tushunishmasa. Mana Zaynabning qilmishlari sabab, oxir-oqibat begunoh, sodda O'zan o'z joniga qasd qildi. U ham o'lib ketadi serial davomida. Bechora O'zanda nima gunoh.

Serial yomon emas, ammo uning mazmuni va uning voqeyligi bizning mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi. Bunday fahsh va hirs bilan yashab yurganlarni ko'rib, o'sib kelayotgan yoshlarimiz ongi hamda fikri buzilish ehtimoli yuqori. Tog'ri tarbiyaviy ahamiyati bor deymiz, ammo bundaylarni ko'rgan ayrimlar, ana boshqalar ham yashayaptiku, men ham shunday yashayman deb o'zini oqlaydi halos.
Ammo bilishmaydiki, yakunda yolg'iz parvardigor oldida hamma o'zi uchun o'zi javob berishini unitib qo'yishmoqda nazaramizda.

Ey inson, Ey o'zbek farzandi ko'zingni och, o'tkinchi bir necha daqiqalik quvonchi deb, o'zingni zavol qilmda...!


Категория: SERIALLAR HAQIDA
Просмотров: 14087 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi, Zaynab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное