Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Sevgi iztirobi” seriali 2-mavsum, boshlanmasdan tugatildi


Kecha, 29 iyuldan e’tiboran “Zo‘r” telekanalida “Sevgi iztirobi” seriali efirga uzatilishi haqida xabar bergan edik. Soat 20:00 da serialning qolgan joyidan efirga uzatildi.

Bugun, 30 iyulga kelib “Zo‘r” telekanalida “Sevgi iztirobi” seriali belgilangan vaqt namoyish etilmadi. Soat 20:00 da serial o‘rnida boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv efir yuzini ko‘rdi. Ma'lumotlarga qaraganda, serial yana efirdan olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kundan buyon mazkur telekanal ekranlariga serial qaytayotgani ovoza qilinayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yil oxirlarida O‘zbekistondagi “Zo‘r” telekanalida namoyishi boshlangan “Sevgi iztirobi” turk seriali 2018 yilning fevral oyi o‘rtalariga kelib efirdan olib tashlangan edi.

2018 yilning 14 fevral kuni Hukumat raisi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ushbu serialni tanqid qilib, xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berib, “Zo‘r” telekanalida namoyish etilayotgan “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilgan edi.

Hukumat raisining tanqididan so‘ng, 2018 yilning 17 fevraliga kelib serial efir dasturidan olib tashlangandi.

Ayni vaqtda mamlakatdagi eng yuqori reytinglarda turadigan xususiy telekanallarda quyidagi turk seriallari namoyish etilmoqda:

“Yig‘lama, ona”, “Ayol”, “Chuqur”, “Fazilat xonim va qizlari”, “So‘yla... Qora dengiz” – “Sevimli” telekanali;

“Yomonlik dunyoga ustun bo‘lolmas”, “Muhtasham yuz yil” – “Milliy” telekanali;

“Meni qo‘yib yuborma”, “Parchalangan yuraklar” – “Zo‘r” telekanali.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11841 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
VERONIKA_ Töxtatilsa ham,muhlislar diskini olib körib bölishgan allaqachon!
Like | 0
Uchkuduk_2504 Turk seriallarini uzi umuman uzbek kanallaridan olib tawlaw kerak
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное