Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sevinch Mo‘minova: Bir narsani aniq aytaman — Sharof Muqimov bilan hali qonunan ajrashganim yo‘q




Xonanda Sevinch Mo‘minova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan ayni paytdagi munosabatlari haqida so‘zlab berdi.
Bir narsani aniq aytaman — biz hali qonunan ajrashganimiz yo‘q. Turmush qurganimizga olti yil bo‘ldi. O‘rtada har bir oilada bo‘lib turadigan turli gap-so‘zlar bo‘ldi. Orada alohida yashadik. Hozir ham alohida yashayapmiz”, — dedi Sevinch Mo‘minova.
 
“Lekin farzandimni otasiga ko‘rsataman. Kerak bo‘lsa, qizimizni birga bolalar maydonchasiga olib boramiz. Bu borada xudbinlik qilishni xohlamayman. Turmush o‘rtog‘imga xusumatim yo‘q, alamimni bola orqali olishni istamayman”, — dedi xonanda va aktrisa.
 
“Munosabatimiz, salom-aligimiz hali ham yaxshi. Chunki u farzandimning otasi, shuning uchun ham hurmat qilaman. Farzandimni otasidan mahrum qilish niyatim yo‘q. O‘ylashimcha, farzandga baribir ota kerak”, — deydi Sevinch.
 
“Ertaga nima bo‘lishini bilmayman, mabodo biz qonunan ajrashib ketsak ham, hali turmushga chiqish niyatim yo‘q. Chunki qizimga ota bo‘la oladigan insonni uchratishni oson deb o‘ylamayman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda va aktrisa.
 
Ma’lumot uchun, xonandalar Sevinch Mo‘minova va Sharof Muqimov 2010-yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5251 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevinch Mo‘minova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Mohinabonu Ilohim yarashib birga bahtli hayot kechiringlar! kõrolmaydiganlar g'iybat qiladi tuxmat toshini otishadi aslida inson boshidan õtkanini õzidan boshqa hech kim bilmaydi.
Like | 0
NuR_KR . bolani otasidan ayirish yaxshi emas!
Like | 0
NuR_KR Ha yaxshi ish. bolani otasidan ayirish yaxshi emas!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное