Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ishq Ertagi - Title sound
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qirolicha - Stakan Version
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda 8 martga turmush o‘rtog‘i va o‘g‘illaridan qanday sovg‘a oladi?

Bahor kelganini nafaqat tabiatning yangilanishi, balki ayollarimizning ochilib-sochilib yurishidan ham bilsa bo‘ladi. Bunga sabab bo‘lgan yana bir omil:  8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami! Mazkur sanani hamma turlicha kutib oladi. Xo‘sh, oilada yagona ayol bo‘lgan xonanda ShAHZODA bu sanani qanday qarshi olar ekan?..
8 MART MEN UChUN...
Shahzoda, xonanda: — Ochig‘i, ayollar bayramida qandaydir o‘ziga xos, kutilmagan syurprizlarni kutmayman. Chunki men uchun 8 mart – onalar bayrami, bu tushuncha menga yoshligimdan meros. To‘g‘ri, o‘zim ham onaman, lekin baribir 8 mart – onamni tabriklaydigan kun xolos.
Bayram soat 00.00ga bong urganidan boshlanadi...
— 8 mart sanasida birinchilardan bo‘lib turmush o‘rtog‘im tabriklaydi. Aniqrog‘i soat 00.00ga bong urib, 8 mart kirib kelganidan darak berganida bir quchoq qizil atirgullar bilan kayfiyatimni ko‘taradi. Hatto tug‘ilgan kunim ham xuddi shu tarzda o‘tadi (samimiy kuladi). Bu juda yoqimli jarayon. Va kechga tomon bayramni oilamiz “yigit”lari bilan har yili bir xil tarzda to‘kin dasturxon atrofida nishonlaymiz.

O‘g‘limning o‘zi men uchun katta SOVG‘A!
— O‘g‘lim Solix juda e’tiborli, birorta bayramni nazaridan chetda qoldirmaydi. Besh yoshligidan buvisi va menga o‘z qo‘li bilan turli sovg‘alar tayyorlardi. Kichkintoyim Xolidga kelsak, uning o‘zi men uchun katta SOVG‘A (miriqib kuladi)! Sira yodimdan chiqmaydi, Solix 11 yoshida xuddi kattalardek men uchun atay sovg‘a xarid qilgan. Avvaliga “Pulni qaerdan oldi ekan? Yo buvisidan yordam so‘raganmikan?” degan savollar paydo bo‘lgan. Keyin bilsam, biz maktabi uchun deb bergan pullarni yig‘ib, sovg‘a uchun ishlatgan ekan O‘shanda meni hayratlantirgan Solixning uddaburonligini hozir kulib eslayman. 
Benihoya yoqimli tabrik...
— Turmush o‘rtog‘im gul sovg‘a qilishni juda yaxshi ko‘radi. Eng qizig‘i, qanday bayram bo‘lishidan qat’iy nazar doim bir xil: bir quchoq qizil atirgullarni qabul qilib olaman. Oldinlari “Nega hamisha gul sovg‘a qiladi?” deb o‘ylardim va buning javobini topdim. Turmush o‘rtog‘im bir so‘zli, hayotiy qoidalarini o‘zgartirmaydigan inson. Bu uning xatti-harakatida ham sezilib turar ekan. Shu sabab bayramlarda meni qanday sovg‘a kutishini avvaldan bilaman (kuladi). Lekin sira bu kabi sovg‘alar kutgan emasman. Biroq turmush o‘rtog‘imning e’tibori, tabrigi men uchun muhim va benihoya yoqimli! 
Birinchi bo‘lib tabriklayman...
— Ayollar bayrami kuni eng avvalo onamni, so‘ng uyimizda ishlab, menga yaqindan yordam beradigan xodimalarimizni albatta tabriklayman. Ancha yillar oldin rahmatli buvimning ham ko‘nglini olardim. Maxsus kunlarda yaqinlarimni muborakbod etish sira yodimdan chiqmaydi.     
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8695 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Giza1234 Shahzoda! Sizga havasim keladi!!!
Like | 0
Asem989 Voyyy
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное