Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda: ishi, turmush o`rtog`ining munosabati va farzandlari haqida...





Shahzodani nafaqat yurtimizda, balki bir necha xorij mamlakatlaridagi musiqa shaydolari ham yaxshi tanishadi. 

O`zining jo`shqin va qizg`in ijodi tufayli Shahzoda hamon muxlislari e`tiborida. Uning  “Bekajon” gazetasidagi suhbati, yangi kompaniyasi, oilasi haqida bo`ldi.

“Inter media” kompaniyasini ochish do`stim Davron Muqimov bilan birgalikdagi g`oyamiz edi. Maqsadimiz iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularga ko`mak berish – prodyuserlik faoliyati bilan shug`ullanishdir. Kompaniya tashkil etganimiz bilan men “Tarona rekords”dan ketmayman. Qadrdon joyim bilan ijodiy hamkorligimiz davom etaveradi. Konsertlarimni tashkil etish ham ushbu kompaniya zimmasida qolaveradi. “Inter media”ning esa hali oldinda amalga oshiradigan vazifalari va loyihalari bisyor. 

Turmush o`rtog`imga keladigan bo`lsak, u kishi meni oilada ham, ijodda ham har taraflama qo`llab-quvvatlab kelgan. Kerakli maslahatlarini ayamagan. Umr yo`ldoshim hech qachon menga qat`iy talablar qo`ymaydi. Biror ishni bajarmoqchi bo`lsam, “Urinib ko`r” deydi. Agar muvaffaqiyatga erishsam, bundan faqat xursand bo`ladi va ishimga omad tilaydi.

Farzandlarim haqida gapiradigan bo`lsam, katta o`g`lim Solih ancha ulg`ayib qoldi. Menga har doim “Yana ulg`ayishim kerak. Hali oila qurmoqchi emasman. Kechroq uylanaman”, deydi. Chunki u yigit kishi har tomonlama mustaqil oyoqqa turib olishi lozim deb hisoblaydi. O`ziga munosib qiz topsa, bir-birini tushunadigan, muhimi sevishadigan bo`lsa, uning tanloviga qarshilik bildirmayman. Chunki yashaydigan ikkalasi, men emas. Bir-biriga yoqsa baxt tilayman. Solihning fikrlariga qarshi bormayman, chunki u katta yigit bo`lib qoldi. U juda aqlli yigit bo`lgan, uni urishmayman, kenjatoyim esa hali juda kichkina va shirintoy. Umuman, bolalarga qattiq gapirish, urishish, jazolash tarafdori emasman”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8493 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное