Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda Muhamedova o‘z to‘yini Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda o‘tkazish istagini bildirdi

Xonanda Kanizaning 28-aprel kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lgan konsert dasturi ko‘pchilikning tiliga tushdi — uni konsertdan kuyov go‘shangada olib chiqib ketdi.
Kanizaning konsertida mehmon bo‘lgan aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi sahifasiga kelinning sahnadan tushib, zaldan chiqishi tasvirlanganvideolavhani e’lon qildi.
“Kanizani tug‘ilgan kuni va konsertida go‘shangada kelin qilib uzatib yubordik. Faqat kelinni uyidan emas, xalq orasida — ‘Istiqlol’ saroyidan chiqardik. Hamma hayratda, lekin kelin haqiqatan ham limuzinga o‘tirib, kuyov bilan ketdi”, — deb yozadi aktrisa.
“Nima ham derdik, hamma xohlaganicha orzu-havas qiladi. Shu, men ham to‘yimni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda o‘tkazib yuborsammikin, deb o‘ylab turibman. Bir yo‘la filmim premyerasi bilan bitta bo‘lib o‘tib ketar edi”, — dedi Shahzoda Muhamedova.
“Shunday bo‘lsa ajabmas. Yaxshi niyat bu ham”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Shahzoda Muhamedova.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9008 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahzoda Muhamedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Azamat4846 Kuyov topilgamikn ozi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное