Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda Muhammedova bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Xitoyga jo‘nab ketdi

Avvalroq, aktrisa Shahzoda Muhammedova yosh aktyor Azamat Ahrorovga turmushga chiqayotgani, Azamat uning qo‘lini so‘ragani, aktrisa esa rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. “To‘y kuni hali aniq emas, buni kattalar o‘zaro kelishib olishgach, ma’lum qilamiz”, degan edi Shahzoda Muhammedova.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, kuni kecha aktrisa qallig‘i bilan Xitoyning Guanjo shahriga jo‘nab ketgan. Aktrisa  sayohat davomidagi suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali omma e’tiboriga havola etib bormoqda.
 
Avvaliga, Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoq orqali Xitoyga yangi filmning suratga olish ishlari uchun jo‘nab ketayotganini aytgan edi. Biroq aktrisaning tarmoqqa joylashtirayotgan suratlari orasida tasvirga olish maydonchasini anglatadiganlari yo‘q. Liboslar do‘koni, restoran, ko‘ngilochar joylar, hatto, tasviriy san’atga aloqador do‘konlarda tushilgan suratlar orasida yangi filmga aloqadorini topa olmadik. Balki to‘y oldidan sayohatga otlangan ikki yosh el orasida tarqalishi ehtimoldan holi bo‘lmagan mish-mishlarga shu yo‘l bilan barham bermoqchi bo‘lishgandir. Yana kim biladi deysiz...


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 16245 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahzoda Muhammedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное