Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Shahzoda Uilyam va rafiqasi Qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin milliarderga aylandi

Buyuk Britaniya valiahd shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II vafoti va buning natijasida yangi unvonlarni qo‘lga kiritgandan so‘ng milliarderga aylanishdi. Bu haqda Britaniyaning “Daily Star” gazetasi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Yelizaveta II vafotidan so‘ng Uilyam Kornuol gersogi unvonini darhol meros qilib oldi va endilikda Kornuoll va Kembrij gersogi, Keyt esa Kornuoll va Kembrij gersoginyasi hisoblanadi. 9 sentyabr kuni Britaniya qiroli Charlz III o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi, rafiqasi Keytni esa Uels malikasi deb e’lon qildi. Bu unvondan oxirgi marta 1997 yilda avtohalokatda vafot etgan Uilyamning onasi malika Diana foydalangan.

Gazetaga ko‘ra, shahzoda Uilyamning boyligi allaqachon 34 million funt sterling (39,6 million dollar) atrofida baholangan edi, biroq yangi unvonlarni olganidan keyin shahzoda Uilyamning boyligi hozirda 1,1 milliard funt (1,2 milliard dollar)ga baholanmoqda. Kornuol gersogi va Kornuol gersoginyasi unvonlarini olishi katta miqdordagi yer, o‘rmonlar, daryolar va mulklar Uilyam va Keytga meros bo‘lib o‘tishini anglatadi, deb yozadi gazeta.

Turli manbalarga ko‘ra, ayni paytda er-xotin Angliya va Uelsning 20 grafligida 128 ming gektarga yaqin yerga egalik qilishadi, ularning ba’zilari Dartmur milliy bog‘ini o‘z ichiga oladi.

“Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ular endi Dartmurdagi HM qamoqxonasiga ham egalik qilishadi. Garchi Uilyam “Aston Villa”ni qo‘llab-quvvatlovchi katta futbol muxlisi bo‘lsa-da, u hozir Surrey grafligi kriket klubi tomonidan muntazam foydalaniladigan “Oval” kriket maydonchasiga egalik qiladi”, deya ta’kidlaydi gazeta.

Bundan tashqari, er-xotin Lostvitxildagi (Kornuoll) bog‘ markaziga egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Taxtni uning o‘g‘li Charlz egalladi. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1083 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vafotidan, Yelizaveta, keyin, Shahzoda, milliarder, Qirolicha, aylandi, II, Uilyam, rafiqasi, va
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное