Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Shahzodadan uzoq kutilgan Qo‘shiq Premerasi

Maftunkor Shahzoda tomonidan yaratilgan har bir qo‘shiq xit darajasiga ko‘tarilishi sir emas. Bugun "O‘zbegim Taronasi" radiosida Shahzodaning "Ayrilamiz" nomli yangi qo‘shig‘i ilk bora muxlislar uchun taqdim etildi. 
Premera anonsi aks etgan fotosuratlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalib, ko‘plab muxlislarning turli izohlariga to‘ldi. Aksariyat o‘zbek shou-biznes vakillari ham bu qo‘shiqqa qiziqish bildirishdi va premerani albatta tinglashlarini ma’lum qilishdi. 
"O‘zbegim Taronasi" radiosida premera qilingan "Ayrilamiz" taronasining matn va musiqa mualliflari mahoratli ijodkorlar Sarvar va Komil hisoblanadi. Yaqinda bu qo‘shiq uchun aynan Sarvar va Komil boshchiligida videoklip ham suratga olinayotganligi haqida xabar bergandik. 
Aytish kerak, FM 101.00 to‘lqinining "Premera" loyihasi a’lo darajada o‘tdi. Tarona ilk marta jarang sochganidan so‘ng, radioga qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchilar qo‘shiqning matni ayniqsa, dilga yaqin ekanligini ta’kidlashdi. 
O‘zgacha ohang va musiqa navosi ostidagi Shahzodaning ijrosi qo‘shiqning ta’sirchanligini yanada oshirgan. Taronani esa xoziroq saytimiz orqali o‘zingiz ham tinglab, baho berish imkoniyatiga egasiz. 
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 8064 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное