Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzodadan Uzoq kutilgan va va’da qilingan Klip Premerasi

Bu ijodkorning kliplari sermazmun syujeti ila boshqalardan ajralib turishi sir emas. Shu sabab ham har safar muxlislar Shahzodaning yangi ijod namunasini intiqlik bilan kutishadi. 
Bugun saytimiz orqali maftunkor Shahzodaning shu vaqtgacha xitga aylanishga ulgurgan “Ayrilamiz” nomli taronasi uchun ishlangan videoklipni qarshi oling! Qish faslining eng yodda qolarli klipiga aylanishi kutilayotgan bu video hech bir muxlisning e’tiboridan chetda qolmasligi aniq.  
Hayotiy voqelarga asoslangan ssenariy asosida tasvirga olish ishlari operator Behzod Po‘latov tomonidan bir necha kun olib borildi. Yosh aktyorlar jamlanmasi to‘plangan video yuraklarni jumbushga keltiradigan hislarni uyg‘otsa, ajab emas. 
Yaxshi bilamizki, Shahzoda har bir qo‘shig‘i yoki klipi orqali ma’lum bir muhim g‘oyani ilgari suradi. Bu safar Shahzoda klipi orqali nima demoqchi? Insonlar o‘rtasidagi mehr, muhabbat, oqibat kabi tuyg‘ular yangicha ruhda, o‘zgacha rakursda tasvirlagan videoklipni tomosha qilishni tavsiya etamiz! 
Hayotga bo‘lgan qarash, har bir on biz uchun ne’mat ekanligi, hayotda bir-birimizga mehr ulashib yashashimiz va eng asosiysi, o‘z vaqtida kechirim so‘ra bilish va kechira olish kabi fazilatlar insonlar uchuvn aqaqdar muhimligi kichik syujet orqali tasvirlagan. 
Marhamat, videoklipni tomosha qiling va bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.

KLIPNI KO'CHIRISH


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3039 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayrilamiz, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное