Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzodaning konsert dasturiga Qozog‘istonning mashxur telekanallaridan jurnalistlar tashrif buyurdi



Ma’lumki, ayni damda betakror Shahzodaning “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Va’da qilganimizdek, dasturning uchinchi kunidan ham e’tiboringizga yorqin fotojamlanmani va dastur haqidagi yangiliklarni taqdim etamiz.  
Dastur har yilgidek anshlag tarzda davom etmoqda. Tashrif buyurgan muxlislar yanada faol. Zal to‘la mehmonlar, ularning olqishlari, mehri, hayqirig‘i va energiyasini ko‘rib dasturning har bir kuni anshlag o‘tayotgani tomoshabinlar bot-bot ta’kidlab o‘z manzillariga yo‘l olmoqdalar.


7 may kuni xonandani qutlashga san’atimiz vakillaridan O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova, mahoratli aktrisa Ra’no Shodiyeva, Umidaxon, Aziza Nizamova, Jasur Badalboyev va boshqalar tashrif buyurishdi. 

Shuningdek, konsertga ishtirok etib, undan bahra olish uchun chet davlatlardan ham mehmonlar tashrif buyurishmoqda. Hattoki, kuni kecha Yaponiyadan Shahzodaning ashaddiy muxlislari kelishdi. Bundan tashqari uning yakkaxon konsert dasturidan maxsus reportaj tayyorlash uchun Qozog‘istonning mashxur telekanallaridan biri MUZZON TV kanalida faoliyat olib boradigan jurnalistlar ham dastur mehmoni bo‘ldilar. Ular konsert dasturini kuzatib, xonandaning ijro mahoratiga, uning muxlislari bilan muloqotiga, samimiyligiga yana bir bor tasannolar aytishdi. O‘zlari uchun Shahzodani qayta kashf qilishdi. Sahna dekoratsiyasi, raqslar, xonandaning imidji ularni lol qoldirdi. Konsertdan zavqlangan jurnalistlar dastur so‘ngida Shahzoda bilan maxsus suhbat uyushtirishdi va fikr-mulohazalari bilan bo‘lishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga xonandadan javob olishdi.

Bilamizki, Shahzodani  nafaqat yurtimizda balki, qo‘shni boshqa mamlakatlarda ham sevib tinglashadi. Bugungi kutilmagan muxlislar tashrifi esa so‘zimizning yaqqol isboti bo‘la oladi. Shahzodani mana shunday yutuqlar bilan qutlaymiz va konsertning qolgan kunlari ham ko‘ngildagidek o‘tishiga tilakdoshmiz.




















 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2961 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное