Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Pazanda - Im Loving You
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qaqnus - Mal De music
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzodaning “Xasta” qo‘shig‘iga ishlangan klip o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi


Shahzoda bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rniga, muxlislariga ega xonandalardan biri sanaladi. Mana bir necha yildirki, u “Istiqlol” san’at saroyida yetti kunlik yakkaxon konsert dasturini taqdim etib keladi. Biroq bugungi shou-biznesda kun sayin urchib borayotgan ayrim illatlar, xususan, xorij estradasidan o‘g‘irlab qo‘shiq kuylash, bu’zi qo‘shiqlarning shakl-shamoyilini o‘zgartirib, yangi qo‘shiq tayyorlash Shahzodagi ham begona emas. Bu masalada Shahzodani ayblash to‘g‘rimi yoki yo‘q, bu savolni hozircha javobsiz qoldiramiz. Boisi uning ijodiy ishlarini boshqarish, qo‘shiq tanlash, konsertlarni uyushtirish u faoliyat yuritib kelayotgan Tarona records kompaniyasining gardanida.
Yuqorida plagiat qo‘shiqlar va kliplar masalasiga xonanda Shahzodaning ham bevosita aloqasi borligiga alohida to‘xtalib o‘tdik. Fikrimizni rad etish va xulosa chiqarishga shoshilmang. Xonandaning yangi “Xasta” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipi bizni shunday mulohaza yuritishga majbur qildi. Muhokama  qilishdan avval, siz ham “Xasta” qo‘shig‘i klipi g‘oyasi qayerdan olinganini isbotlaydigan mazkur videoni tomosha qiling.

Biz mazkur videoni avvaliga ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifamizga joylashtirib, muxlislarga “Sizningcha, xonanda Shahzodaning “Xasta” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklip qaysi xorij xonandasining qo‘shig‘iga ishlangan klipdan yoki filmdan o‘g‘irlangan?”, degan savol bilan murojaat qildik. Muxlislar esa bu klip qayerdan ko‘chirilganini topishga u qadar qiynalishgani yo‘q. Sinchkov kuzatuvchilarning yordami bilan Shahzodaning “Xasta”siga ishlangan videoklip “Sornetto cupidity kismet diner” qisqa metrajli filmida o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi. Bunda 9 daqiqalik qisqa metrajli filmni Shahzodaning bor-yo‘g‘i 5 daqiqalik klipiga sig‘dirishga harakat qilingan. Klip va film voqealari shu qadar o‘xshashki, ikki ijodkorga bir vaqtning o‘zida, bir xil g‘oya kelgandir, degan o‘yga kelishingizga hojat qolmaydi.
 
Biz klip va qisqa metrajli filmning solishtirma videosini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifamizga joylashtirganimizdan so‘ng, shaxsan Shahzodaning o‘zi Instagram’dagi sahifamizga izoh qoldirib, “Benom” guruhi vakillari – Sarvar va Komilga savol bilan murojaat qildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur klip “Benom media” tomonidan yaratilgan.
 
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tarona records kompaniyasi direktori Davron Muqimov bilan bog‘landik. Muqimov tushunmovchilikdan xabari borligi, biroq bu holatga aniqlik kiritilmagani, hammasining tagiga yetgach, o‘zi biz bilan bog‘lanishini ma’lum qildi. Hozirgacha mazkur holat bo‘yicha na Shahzoda va na klip mualliflari aloqaga chiqdi. Ko‘ramiz, bu vaziyatda ular o‘zini qanday oqlarkin? 

 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6607 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
аватар отсутствует Shaxzoda ba'ribir keremetqo mag'an unaydi klipderi!
Like | +1
Azamat4846 Yana ög'rilimi
Like | 0
Ahadjon Shermatov Dilmurodivich пишет: | 20.09.2016 | 12:02 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует O'girlash yaxwi emas
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное