Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ishq Jodusi - All I want
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shakiraga jarima yoki qamoq jazosi xavf solmoqda
Topgan daromadidan soliq to‘lamaganlikda ayblanayotgan kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakirani ishi Ispaniya sudida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Bu haqda “FOX” nashri xabar bermoqda

Avvalroq, Shakira Ispaniyada 2012 yildan 2014 yilgacha olingan daromaddan 14,5 million yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanayotgani haqida xabar bergan edik. Qo‘shiqchining o‘zi bu holatni Bagama orollarida yashagani va Ispaniyada yil hisobiga ko‘ra 183 kundan kam bo‘lgani bilan izohlagan. Ammo, Ispaniya soliq inspektorlarining fikri Shakiranikidan boshqacha. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda qo‘shiqchi turmush o‘rtog‘i Jerar Pike bilan istiqomat qilgan va ushbu davrda Shakira 183 kundan ortiq Ispaniyada yashagan. Shakiraning ana shu davrda Bagama orollarida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi esa soliqdan qochish uchun ishlatilgan niqob bo‘lishi mumkin.

Bir necha hafta oldin, 45 yoshli Shakira Ispaniya prokuraturasi bilan ushbu masala bo‘yicha kelishuvga erishishdan bosh tortdi va agar kerak bo‘lsa, sudga kelishga va o‘z nomini oqlashga tayyorligini bildirdi.

Holat bo‘yicha xonandaning vakili ham izoh bergan, uning ta’kidlashicha, Shakira aybsizligi isbotlanishiga shubha qilmayapti.

“Afsuski, soliq to‘lovchilari bilan bo‘lgan har ikki da’vodan bittasida mag‘lub bo‘layotgan Ispaniya soliq idorasi uning huquqlarini poymol qilishda va yana bir asossiz ishni davom ettirishni to‘xtamayapti. Shakira sud jarayoni yakuniga qadar uning aybsizligi isbotlanishiga ishonchi komil”, deydi u.

Sud majlisi sanasi hali aniqlanmagan. Agar xonanda aybdor deb topilsa, u 24 million yevro jarimaga tortilishi yoki 8 yillik qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Shakira 1977 yilning 2 fevral kuni Kolumbiyaning Barrankilya shahrida tug‘ilgan. 1990 yildan buyon xonandalik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U “Gremmi”, “MTV Video Music Awards”, “Billboard Music Awards” mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Shakira tomonidan 2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun kuylangan “This Time for Africa” taronasi unga katta shuhrat keltirgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1614 | Рейтинг: 0| Рейтинг: solmoqda, xavf, Yoki, shakira, jarima, jazosi, qamoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное