Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Shakti Arora (Ranvir) Toshkentga kelmaydi

Biroz oldinroq, xonanda Bahriddin Zuhriddinov joriy yilning 1-2 noyabr sanalarida "Jo‘shqin qalbim sadosi" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislar e’tiboriga havola etishi va bu konsertga syurpriz sifatida "Ranvir" roli orqali o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Shakti Arora taklif etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bahriddin Zuhriddinovning vakili bugun sayt tahririyatiga bu reja bekor qilingani haqida ma’lum qildi.
Aniqlik kiritish uchun xonandaning o‘zi bilan bog‘langanimizda esa, u bu holat boshqalarning aralashuvi tufayli yuzaga kelgani, o‘zi uchun ham, janob Arora uchun ham bu kutilmagan o‘zgarish bo‘lganini ta’kidladi. U uchinchi tomonga aniqlik kiritmadi.
Qayd etish lozimki, shu kunlarda hindistonlik kinoijodkorlar tomonidan ishlangan "Senga oshiqman" seriali jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. OAV va internetda bu serialning milliy mentalitetga to‘g‘ri kelish-kelmasligi bo‘yicha munozaralar davom etmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11012 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ranvir, Shakti Arora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
kichkintoy96 Kelmasa kerak
Like | 0
Firdavs666 >( >( >(
Like | 0
Alora пишет: | 24.09.2015 | 10:38 #4 Страница с комментарием
5913435 kemidi
Like | 0
shirin20 Vooooy xursaaan bop yurudm Ranviri♥ korarkaman dp. Oldin aniq qilip keyin maxtananw keredi ommani oldida!
Like | 0
guli7077 E kemidi muxlis yigwcun wunaqa dgan bömagan gap rv jinnima qayodigi xonandani kansertiga kelb wunga iwonadigan axmo bomikan :p :p :p
Like | 0
namuna Tushunmadim keladimi kemedimi admin iltimos aniģini etsela. javob uchun raxmat
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное