Shavkat Mirziyoev: “Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish davlatga xiyonat sifatida qaraladi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xususida muhim fikrlarni bildirdi.
“Tadbirkorlik yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni olib tashlash davlat rahbari sifatida mening eng katta vazifamdir. Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish davlatga xiyonat sifatida qaraladi”, dedi davlat rahbari.
Shuningdek, nutqda ajdodlarimiz ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanganini, buni Buyuk Ipak Yo‘li misolida ham ko‘rishimiz mumkinligini, umuman, tadbirkorlik bizning qonimizda bor ekanligini ta’kidlandi.