Shohruhxon - Ayamay (Vi... Shohruhxon - Ayamay (Vi...
MC DONI feat. Люся Чебо... MC DONI feat. Люся Чебо...
Ravshan Komilov - Odam ... Ravshan Komilov - Odam ...
Rayhon - Unutolaman (Vi... Rayhon - Unutolaman (Vi...
Sardor Mamadaliyev feat... Sardor Mamadaliyev feat...
Bojalar - Onam (Concert... Bojalar - Onam (Concert...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan qarorni imzoladi



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Qaror avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash sohasini yanada takomillashtirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko‘rsatishning rolini kuchaytirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlamalarni qisqartirish maqsadida qabul qilindi. Buning uchun 2017–2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
 
Bu davr mobaynida 303 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o‘tadigan shaharlararo qatnovlarda ochish nazarda tutilmoqda. Yangi yo‘nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to‘xtatilgan yo‘nalishlar tiklanadi.
 
Kelgusi besh yilda 8600 ta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi.
 
Avtostansiyalar, to‘xtash bekatlari yengil konstruksiyalardan va asosan mamlakatda ishlab chiqarilayotgan arzon materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda namunaviy loyihalar bo‘yicha quriladi.
 
Yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida avtobus va mikroavtobuslarning ishini masofadan onlayn rejimida (GPS) doimiy kuzatishni.
 
2018-yilning 1-iyul sanasiga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo‘lovchilar transportida yo‘l haqini bank plastik kartochkasida naqd pulsiz to‘lash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
 
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tarkibiy va institutsional o‘zgartirish, xizmatlar bozori shakllanishi va rivojlanishiga hamda avtomobillarda tashish xavfsizligi masalalarini hal qilish uchun maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi sifatida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yuklanmoqda. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining aholi bilan veb-sayt, “ishonch telefonlari” orqali muloqotining amaliy mexanizmi ta’minlanadi.
 
Kelgusi besh yil mobaynida Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so‘mdan ziyod, asosan “O‘zavtosanoat-lizing” va boshqa lizing kompaniyalarining mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o‘z mablag‘lari, shuningdek, mahalliy budjetlar mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar yo‘naltiriladi.
 
Qarorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o‘zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘im to‘lovidan ozod qilinishi nazarda tutilgan.
 
Chetdan keltiriladigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, avtobuslar va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida (GPS) muntazam tarzda masofadan kuzatib borishni, shuningdek, yo‘lkirani naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish uchun mo‘ljallangan barcha materiallar, asbob-uskunalar, detallar bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinishi ham nazarda tutilmoqda.
 
Bundan tashqari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslarda yo‘lovchilar tashish hajmi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod qilinmoqda.
 
Qarorning amalga oshirilishi yo‘lovchilar tashish xavfsizligini, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatining yuqori darajasini, jamoat transporti yo‘nalishlaridagi transport vositalari harakatining belgilangan jadvallari va oraliqlari maromiga rioya etilishini, avtotransportda yo‘lovchilar tashish sohasida iste’molchilarning huquqlari samarali himoya qilinishini hamda tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2099 | Голосов:: 0| Теги:: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shoxruz (Abadiya) - Hazon  
. Sardor Rahimxon - Umidvor Yurak  
. Ichkarida - Tek Basina  
. Ichkarida - Sarp  
. Ichkarida - Yellow  
. Ichkarida - Jenerik erde Dizi  
. Shohruhxon - Ayamay  
. Zokir Ochildiyev - Alamlar (Parodiya)  
. Munisa Rizayeva feat. Rashid Holiqov - Bom Bom  .
. Subxan feat. Shaxnoza - Ket (Cover)  
. Ravshan Komilov - Odam Bo'laylik (New Version)  
. Yulduz Usmonova - Xalqim (New Version)  
. Sardor Mamadaliyev feat. Ahad Qayum - Ko'ngil Tanlar  
. MC Dоni feat. Люся Чеботина - Сон  
. Farrux Xamrayev - Birga Bir  
. Bojalar - Sog'insam  
. Bojalar - Zamiram  
. Bojalar - Onam  
. Bojalar - Esingdami  
. Bojalar - Mana Rep  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus