Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev “Ma’muriy hibsni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni “Ma’muriy hibsni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilgan, 13-dekabrda esa Senat tomonidan ma’qullangan edi.
 
Qonundan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarning ma’muriy hibsni o‘tash tartibi va prinsiplarini mustahkamlashdir. Qonun ma’muriy hibsga tortilgan shaxslarning huquqiy maqomini, shuningdek, ularda boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, davlat va jamoat manfaatlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish choralarini belgilaydi.
 
Qonunda ma’muriy hibsga tortilgan shaxslarni qabul qilish, saqlash va joylashtirish, ularni ko‘zdan kechirish, shuningdek, ma’muriy hibsga uchragan shaxslarni saqlashni ta’minlash choralari, ularning huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari singari masalalar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qonunda bunday shaxslarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va ularga yuridik yordam ko‘rsatish, ularning fuqarolik-huquqiy kelishuvlar va oilaviy munosabatlardagi ishtiroki, ularga murojaatlar, pochta jo‘natmalari va yetkazmalari jo‘natilishi yetkazilishi, maxsus qabul muassassi tashqarisiga chiqish shartlari, shuningdek, ma’muriy hibsga olingan shaxslarni saqlash joylariga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularning moddiy-maishiy va tibbiy ta’minoti bo‘yicha me’yorlar mustahkamlangan.
 
Qonun rasman chop etilganidan 24 oy o‘tishi bilan kuchga kiradi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4111 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное