Ummon Guruhi - Humorim ... Ummon Guruhi - Humorim ...
Farrux Xamrayevdan Mask... Farrux Xamrayevdan Mask...
Sardor Rahimxon ft. Jon... Sardor Rahimxon ft. Jon...
Oybek va Nigora - Yalin... Oybek va Nigora - Yalin...
Farhod va Shirin - Guli... Farhod va Shirin - Guli...
Bunyodbek Saidov - Sara... Bunyodbek Saidov - Sara...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Sardor Rahimxon
Sardor Rahimxon
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Alisher Uzoqov - Sevgi farishtasi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ishq Jodusi - All I want
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Soundtreck-Великолепный Век
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Tabrik matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi. Tabrikning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga, barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan, kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni, chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Muhtaram do‘stlar!

Bu yilgi Navro‘z bayrami, barcha shahar va qishloqlarimizda, umumxalq sayillari tarzida o‘tayotgani, unga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishlamoqda. Navro‘z ruhi va falsafasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning g‘oya va maqsadlari bilan uyg‘un va hamohang ravishda namoyon bo‘lmoqda.

El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog‘ va maydonlarda Navro‘z bayramini shodu xurramlik bilan nishonlamoqdalar. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar. Shu yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqdalar. Barchamiz ularni chin dildan tabriklab, yilimiz qutlug‘ kelsin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, deb eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Navro‘zi olam Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayramdir. Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, o‘zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin! Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Navro‘z bayrami, barchamizga muborak bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2066 | Голосов:: 0| Теги:: Shavkat Mirziyoyev, Navro'z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Benom Guruhi - Yor Shode Bosh  
. Munisa Rizayeva - Bor Yoki Yo'q (Solo Version)  
. Shoxruz (Abadiya) - Bevafo Bevafo  
. Alisher Zokirov - Musofir Ayollar  
. Daler - Qanaqasi  
. Jasur Umirov - Avaz  
. Ortiq Sultonov - Bizning Futbolchilar  
. Ozodbek Nazarbekov - Ағаға сағыныш  
. Ruhshona - Yurakkinam  
. Sevara Nazarxon - Izhori Ishq  
. Ulug'bek Halikov - O'rtamizda (Cover Yalla)  
. Tohir Usmonov - Dildorim  
. Izzat Ibragimov (Xo'ja) - Sevgi (New Version)  
. Ilhom Farmonov - Gulbadan  
. Shahzoda - Begim  
. Farrux Xamrayev - Chang  
. Farhod va Shirin - Guliman  
. DJ Piligrim - Unutmasang Bas  
. Oybek va Nigora - Yalintirma  
. Rayhon - Hamma Jam  .

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola