Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Shaytanat”ning so‘nggi 21-qismida qaysi aktyorlar rol ijro etishiga oydinlik kiritildi


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialining hali katta ekranlarga chiqmagan, so‘nggi 21-qismi haqida gapirib berdi.

‘Shaytanat’ serialining 21-qismda yangi chehralar bor, yangi chehralardan Ulug‘bek Qodirov hamda Nozim To‘laxo‘jayev singari aktyorlar rol ijro qilishgan. Yangi chehralardan shu, ya’ni xalqimiz taniydigan aktyorlarni aytyapman.

Men o‘zimcha shu bilan ‘Shaytanat’ serialini tugatdim. Men buyog‘iga qadam ham bosmayman, chunki Tohir akaning ham so‘zini olganman. Shu bilan tugataman desam, ‘Yaxshi qilibsiz’, dedilar. Film nima bilan tugashi, uning yakuni qanday bo‘lishi haqida hozir gapirib o‘tirmayman.

O‘sha stildan o‘ngga ham chapga ham chiqilgan emas. O‘sha til. Agar keyingilari ham olinadigan bo‘lsa, shu yo‘nalishda bo‘ladi. Chunki o‘sha yo‘nalish bilan serial odamlarga manzur bo‘lishi mumkin. Men yana bir narsani aytaman, Tohir Malikning bu asarida mantiq juda ham kuchli. Hozirgi ba’zi filmlarni ko‘rishadi-da, kinoteatrdan chiqib unutishadi, chunki mantiq yo‘q. Yoshlarimiz bu masalada ko‘proq shoshilishadi.

Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida “Shaytanat” serialining telekanallardagi 20 yillik “zapret”i sababi, serialning 21-qismi hamda hayoti va ijodiga oid ko‘plab javobsiz savollarga oydinlik kiritgan.

Ma’lumot uchun, “Shaytanat” serialining 21-qismi ayni kunlarda montaj va dublyaj jarayonida.


VIDEONI KO'RISH


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4489 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yodgor Sa’diyev, Shaytanat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Саида пишет: | 16.04.2020 | 07:06 ( E-mail ) #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Едгор ака б.н булган интервьюни маза килиб курдик. Рахмат. Умрилари узок булсин. Фильм учун рахмат.
Like | 0
Dias 27 пишет: | 21.01.2020 | 20:47 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Premyerasi qachon bolarkin. Kutib qolamza.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное