Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Shifoxona xodimi go‘daklarni o‘ldirishda ayblandi


Kecha, 3 iyul kuni Angliyaning Cheshir grafligi polisiyasi Chester shahrining asosiy tibbiyot muassasasi xodimini hibsga olgan.

Ayol 8 nafar chaqaloqni o‘ldirishda gumon qilinyapti, tekshiruv hozirda davom etmoqda. U sababli 17 nafar go‘dak halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, polisiya bir yil avval 2015 yil martdan 2016 yil iyulgacha shifoxonada chaqaloqlar o‘limi ko‘paygani sababli tekshiruv boshlagan.

Statistika ma’lumotlariga qaraganda, Chester grafinyasi shifoxonasi go‘daklar o‘limi bo‘yicha mamlakatda eng yuqori o‘rinda ekan.

Tekshiruv vaqtida polisiya 17 ta shubhali o‘limni aniqlagan. Shuningdek, ular 15 ta go‘daklarning salomatligi keskin yomonlashib ketishi holatini aniqlashgan. Ahvoli og‘irlashgan go‘daklar omon qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shifoxona xabarni izohlashdan bosh tortyapti. Hibsga olingan tibbiyot xodiming lavozimi va vazifasi aytilmagan.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7970 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xodim, go‘daklar, shifoxona, o‘ldirishda ayblandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное