Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Shirin, sho‘r va nordon yeguliklar yeyish istagi nimani anglatadi?


Organizm signallarini anglash va tushunishni o‘rganish muhim. Ko‘pincha tananing o‘zi kutilmagan his va istaklar orqali e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlarni ko‘rsatadi. Bu haqida facte.ru sayti ma’lumot bergan.

Sizda biror nordon, sho‘r yoki shirin yegulik yeyish istagi bo‘lganmi? Ehtimol, buni o‘tib ketadigan istak yoki ta’m bilan bog‘liq afzallik deb atashga shoshayotgandirsiz. Biroq bu kabi holat muayyan mineral va vitaminlar yetishmasligining yorqin signali bo‘lishi mumkin.

Shirinlik

Doimiy ravishda shirinlik yeyishga bo‘lgan kuchli istak uglevodlar yetishmasligini anglatadi. Bu kabi holatni yengishda sarxil sabzavot va boshoqli o‘simliklar yordam beradi. Agar og‘ir ish kuni mobaynida biror shirinlik yeyish istagi paydo bo‘lsa, organizmga glyukoza yetishmayotganini anglatadi.

Buning uchun sevimli meva va quruq mevalar ko‘rinishidagi foydali yegulikni yoningizda olib yurishingiz kerak. Bundan tashqari, asosiy taomdan tashqari, kichik desertlarni iste’mol qilish lozim. Masalan, bir qoshiq tabiiy asal yoki yeryong‘oq pastasi, shuningdek, bir necha dona xurmo. Muhimi, mahsulotlar sifatli bo‘lishi zarur.

Nordon yeguliklar

Ko‘pincha nordon narsalar yeyish istagi yog‘li taomlar iste’molidan keyin paydo bo‘ladi. Rasionni yengillashtirish va unga ko‘proq sarxil mahsulotlar, masalan, meva va sabzavotlarni kiritishga harakat qiling.

Nordon yegulikni yeyish istagi paydo bo‘lishining ikkinchi sababi – immun tizimi bilan bog‘liq muammolar. Na’matak damlamasi va S vitamini miqdori yuqori bo‘lgan mevalarni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sitruslarning barcha turlari, smorodina, klyukva va kivi ham mos keladi.

Tuzli yeguliklar

Sho‘r yeguliklar yeyish istagi natriy xloridi zaruriyatini aks ettiradi. Kundalik rasioningizga lavlagi, dengiz karamini kiritishingiz kerak. Zanjabilli choy ham sho‘r narsalar yeyish istagini kamaytirishda yordam beradi.

Odatda sho‘r mahsulotlar organizm uchun past darajali to‘yintiruvchi qiymatga ega bo‘ladi. Tarkibida natriy bo‘lgan foydali taomni tanlash kerak. Masalan, yong‘oqlar. Faqat hech qanday ta’m qo‘shimchalarsiz.

Ko‘rib turganingizdek, barcha zararli mahsulotlar o‘rniga sog‘lom mahsulotlarni topish mumkin. Ular nafaqat ehtiyojni qondiradi, balki organizm uchun ham foyda keltiradi.



Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3417 | Рейтинг: 0| Рейтинг: istagi, nordon, Shirin, yeyish, sho‘r, nimani anglatadi, yeguliklar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное