Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Shohjahon Ergashev professional boksdagi faoliyatini qayta tiklashiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi

Professional boksdagi faoliyatini yakunlagan Shohjahon Ergashev qisqa muddatdan so‘ng Salita Promotions bilan yangilangan shartnoma imzoladi. Bu haqida sportchining o‘zi Boxingscene’ga ma’lum qildi.

Ergashev o‘zining qaytishini quyidagicha izohladi.

O‘zimni juda ilhomlangan his qilmoqdaman va ringda ustunlik qilishga tayyorman. Salita Promotions bilan kelishuvimiz ikkala tomon uchun ham foydali va samarali bo‘ldi, faoliyatimni davom ettirishdan mamnunman. Amerikalik muxlislarimni sog‘indim, yana bir bor ringda kuch va mahoratimni ishga solib, ajoyib nokautlar hamda hayajonli janglar namoyish etishga tayyorman.

Shohjahon Ergashev, bokschi

Bokschi bilan shartnoma imzolagan Dmitriy Salita ham Ergashevning qaytganidan xursandligini bildirdi: “Bokschidan mamnunman. Unda kuchli salohiyat bor. Shohjahon Ergashevni xalqaro boks yulduziga aylantirish uchun birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutyapmiz.

24-yanvar kuni Ergashev professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Unda sportchi boksni butunlay tashlamasligini, bir kun qaytsa ham o‘zi uchun qaytishini ma’lum qilgandi.

 

Ergashev so‘nggi jangini 2021-yilning dekabrida o‘tkazib, unda Tailand vakili Aekkaueye Kaumaneni muddatidan avval mag‘lub etgandi. Shohjahon Ergashev prof boksda jami 21 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 19 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon 1,5 yildan buyon Salita Promotions kompaniyasi bilan sudlashmoqda. Promouterlik kompaniyasi 2020-yil sentabrida Shohjahon Ergashevni boshqa promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jangdagi ishtiroki ortidan sudga bergandi. Sud jarayoni esa hamon davom etayotgandi. Avvalroq sportchi kompaniya bilan yarashmoqchi ekanini yozgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3328 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное