Xonanda Shohruhxon bugun “Aldamadim” qo`shig`iga ishlangan klipni taqdim etdi.
Yangi klipni Rustam Murodov va Dilmurod Agzamov suratga olgan. Klipdagi bosh qahramon obrazini Shohruhxonning o`zi yaratgan. Uning partneri esa har doimgidek Asal Shodieva emas, balki boshqa aktrisa.
Klipda Buxoro viloyatidan poytaxtga kelib ijod qilgan va mashhurlikka erishgan xonanda haqida hikoya qilinadi. U poytaxtga ketish oldidan sevgan qiziga mashhur bo`lib qaytib kelishga va`da beradi va klip so`ngida va`dasining ustidan chiqadi. Romantik sahnalarga boy klipni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
http://www.tarona.net/clip/2016-09-27-904
|