Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shohruhxonning ijodida nima gap?

Estradamizning yorqin yulduzi Shohruhxon ayni damda yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. Ijtimoiy  tarmoqlarda qoldirilgan ma’lumotlarga ko‘ra u ayni damda xit darajasiga ko‘tarilgan “Aldamadim” nomli qo‘shig‘i uchun videoklip tasvirga oldirmoqda. Biroq bu haqida xonandaning instagramdagi rasmiy sahifasida hech qanday xabar qoldirilmagan. Klipmeyker Dilmurod Agzamov qoldirgan ma’lumotlarga qaraganda, kuni kecha mazkur klipning suratga olish jarayonlarini ikkinchi kuni nihoyasiga yetgan. Tez kunda mazkur videoklip omma e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan. Klipni suratga olish jarayoni haqida batafsil yaqin daqiqalarda ma’lumot berib o‘tamiz.
Qolaversa, Shohruhxon bugungi kunda dunyoda bo‘lib o‘tayotgan turli ko‘ngilsizliklar, notinchliklar, vayronkorliklar va qabih ishlarni amalga oshirayotganlarni ko‘rib, bundan ta’sirlanib “Insonlarmiz” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip yaratishga ham ulgurdi. Bu ijod mahsuli esa tez kunda omma e’tiboriga taqdim qilinadi.
Shuningdek, Shohruhxon rafiqasi Asal Shodiyev bilan birga o‘tgan ayyom bilan barchani qutlab, so‘nggi kunlarda shaxsiy hayoti haqidagi barcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Fotosuratlarda ko‘rib turganingizdek, ular baxtli hayot kechirishmoqda.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5527 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shohruhxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное