Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shoir va bastakor Yakzon qadrdoni – Rayhonga qaytdi!

Yakzon va Rayhon juda muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan. Rayhon ijrosidagi “Tabassum qil”, "Orzuingga ishon", "Bombey" va qator xitlarining matn muallifidir, Yakzon. Bir necha yillar oldin ularning munosabatini sovuq urdi. Yakzon Rayhonga she’r yozmay qo‘ydi. Rayhon ham boshqa ijodiy hamkorlar topdi. Ramazon oyi, ustiga-ustak chillasi yaqin qolgan yoz ikki mashhur ijodkor munosobatini isitishi tugul “qaynatib” yuborganday! Ular yana birga.
-“Men ichimda alam, birovga nisbatan g‘azab yoki gina-kudurat saqlamayman. Yakzon ko‘p narsalarni tushunib yetganidan xursandman. Bo‘lib o‘tgan tushunmovchiliklarni unutdim” – deydi Rayhon.
“Habibi” – munosabatlarini qayta tiklagan ikki ijodkorning yangi ijod mahsuli. Qo‘shiq aranjirovkasi xonandaning uzoq yillik sodiq do‘sti – Zafar Qodirovga tegishli. Qo‘shiq minglab ko‘ngillardan joy olishidan umid qilinmoqda.
“Habibi”ga o‘zbek shoubizidagi talantli va didli klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan klip suratga olindi. Klip voqealaridagi bosh qahramon obrazini Rayhonning o‘zi yaratdi. Uning aytishicha, qahramon “Habibi”ni tinglab, fantaziya olamiga tushib qoladi... va o‘z orzuidagi inson bilan uchrashadi.
Shaxsiy hayotida ozmi-ko‘pmi chig‘iriqlardan o‘tgan xonanda yangi klipdagi kabi yorqin voqealar reallikka aylanishiga, baxt yana kulishiga chin dildan umid qilmoqda! Umidlaringiz ro‘yobga oshsin, Rayhon! “Baxtli bo‘laman” deya kuylab, ishontirgansiz. Baxtingiz butun bo‘lishiga haqlisiz!
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6841 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yakzon, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное