Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sirtqi ta’limda ham 3 ta yo‘nalishni tanlab imtihon topshirsa bo‘ladimi?


Oliy ta’lim muassasalariga xujjat topshirish va imtihon jarayonlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar tufayli abiturientlarda sirtqi ta’limda ham 3 ta yo‘nalishni tanlash imkoniyati xususida savollar bo‘lishi tabiiy. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev ham mazkur masalaga to‘xtaldi.

«Sirtqi ta’limda ham 3 ta yo‘nalishni tanlasa bo‘ladimi? Ha, bo‘ladi. Abiturientlar hujjat topshirayotganda fanlar bloki mos keladigan 3 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin.

Faqat bu yerda bir jihatni e’tiborga olish kerakki, tanlanayotgan 3 ta yo‘nalish albatta bitta ta’lim shakli doirasida bo‘lishi kerak. Ya’ni bitta kunduzgi, bitta sirtqi, bitta kechki ta’limni tanlab bo‘lmaydi. Agar asosiy OTM sifatida kunduzgiga topshirayotgan bo‘lsangiz, demak qolgan 2 ta yo‘nalishni ham faqat kunduzgilar orasidan tanlay olasiz, sirtqi yoki kechki ta’limni qo‘sha olmaysiz. Yoki aksincha, agar sirtqiga topshirmoqchi bo‘lsangiz, demak barcha yo‘nalishlaringiz faqat sirtqi ta’lim doirasida bo‘lishi kerak» deya yozadi muallif.

Avvalroq, bir vaqtda uch OTMga yo‘nalish tanlash haqida ma’lumot berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hujjat loyihasiga ko‘ra qabul imtihonlarida qator o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kutilmoqda.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4361 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sirtqi ta’lim, OTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное