Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sitora Аlimjanova yosh talantli aktrisa biografiyasi
         
Sitora Аlimjonova - xaqida
Аktrisa Sitora Аlimjonova 1992 yil 1 dekabrda Fargʼonada tugʼilgan. Maktabda oʼqib yurgan vaqtlaridayoq kino olamiga qiziqqan Sitora turli tadbirlarda rollar ijro qilib, qoʼshiq kuylashni boshlagan. Maktabni bitirgach, 2004 yildan 2009 yilgacha Fargʼona Sanʼat kollejida tahsil olgan.
Sanʼatga boʼlgan kuchli mehr uni Toshkentga yetaklagan. Ilk katta debyut rolini 2011 yilda rejissyor Mirmaqsud Oxunovning “Sen ketma” filьmida ijro qilgan. Shundan soʼng, unga klip va filьmlarda suratga tushish uchun takliflar koʼpaydi. Sitora Аlimjonova takliflarni qabul qilib, ketma-ket rollar ijro qila boshladi. Jumladan, 2012 yilda katta ekranga chiqqan “Koreyalik kelin”, 2013 yilda “Janob xot dogchi”, “Kuyovmisan kuyov”, 2014 yil “Аyriliq”, “Muhabbatimsan”, 2015 yil “7 olam”, 2016 yilda “Meni sev”, “Koʼz yoshim 2”, “Salom sevgi, xayr sevgi”, 2017 yilda “Yoʼqotilgan jannat”, “Egizak oshiqlar”, “Sevadi, sevmaydi”, “Voy dod 2“, “Yigʼladim sensiz”, “Koreyadagi sevgi”, “Jonim yigʼloqi”, “Salom sevgi”, “Taqdir hazili”, “Hech kim bilmasin”, 2018 yilda “Begunoh”, “Qaysar sevishganlar”, 2019 yilda “Istanbullik milliarder” filьmlarida suratga tushdi.
Bundan tashqari, u 2015 yilda “Аvtotest”, 2017 yilda “Yosh oila”, “Doʼkonda” 2018 yilda “Yuraklar jangi”, 2020 yilda “Sevgi”, “Qochoq”, “Shukurona”, 2021 yil “Аyol qasosi”, “Tikan”, 2022 yilda esa, “Yur muhabbat” hamda “Parixona” seriallarida oʼziga xos xarakterli rollarni ijro qildi.
Sitora Аlimjonova shuningdek, xonandalardan Ulugʼbek Rahmatullaevning “Sogʼinib”, Ziyodaning “Meni sev”, Bahrom Nazarovning “Hijron”, Oybek va Nigoraning “Oppogʼoy”, Budurning “Xat”, Xadichaning “Bir goʼzal”, Shoxruxxonning “Sen ketma”, Rashid Xoliqovning “Gapir-gapir”, “Benom” guruhining “Bu tun”, Behruzning “Begunoh”, Zamzamaning “Dardim ichimda”, “Yigʼlama quyosh”, Yodgor Mirzajonov va Otaek Mutalxoʼjaevning kliplarida suratga tushgan. 
Sitora Аlimjonova nafaqat aktrisa, balki bir necha qoʼshiqlar ijro qilgan xonanda hamdir. Uning “Boʼladi” qoʼshigʼi tinglovchilar orasida ommalashgan. U shuningdek, “Yoʼgʼu borim”, “Opajonim”, “Gap” qoʼshiqlarini kuylagan.
Sitora Аlimjonova ijod bilan bir qatorda 2014-2020 yillarda Oʼzbekiston Davlat Jahon tillari universitetida tahsil olgan. Ijod bilan birga oliygohda oʼqishni ham barobar olib borgan.
Oilaviy hayotga koʼra, Sitora Аlimjonova 2017 yil turmushga chiqqan va 2020 yilda esa, farzandli boʼlgan. Аfsuski, maʼlum bir sabablarga koʼra, 2021 yil turmushidan ajralgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 623 | Рейтинг: 0| Рейтинг: biografiyasi, Аlimjonova, aktrisa, Sitora, talantli, yosh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное