Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

Sochga saqich yopishib qolganda qanday yo‘l tutish kerak? Muammoni bartaraf etishning eng oddiy usullari

Sochga saqich yopishib qolishi, afsuski, har qanday odam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holat. Vahima qilishning hojati yo‘q, buning uchun sochlardan ajralish shart emas! Quyida sochdan saqichni qaychisiz qanday qilib olib tashlashni ma’lum qilamiz.

 

Mayonez 

Buning uchun saqichga bir choy qoshiq mayonez surtiladi, 5-10 daqiqaga qoldiriladi, so‘ng uni olib tashlash va sochni yuvish mumkin. Asos sifatida, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan har qanday mahsulotni ishlatsa bo‘ladi. Yong‘oq yog‘i kabi pastaga o‘xshash yog‘dan foydalanish hamda uni sochlarga surtish osonroq. Yog‘ni eski tish cho‘tkasi yoki barmoqlar bilan zararlangan sochlarga qo‘llash lozim. Saqich boshdagi boshqa soch tolalarga tarqalib ketmasligi va bosh terisiga yopishmasligi uchun zararlangan joyning ostiga oddiy osh qoshiq qo‘yish kerak. Saqich yumshaganda, uni sochiq yoki ro‘molcha bilan olib tashlash, so‘ngra sochlarni shampun bilan yuvish tavsiya etiladi. Aytgancha, moyni vazelinga ham almashtirish mumkin.

Sovuq harorat

Bu usul agar saqich sochning uchiga yopishib qolsa, mos keladi. Katta idishdagi suvga bir necha osh qoshiq tuz qo‘shiladi va bir soat davomida muzlatib qo‘yiladi. Tuz suvni muzlashdan saqlaydi va suvni iloji boricha sovitishga imkon beradi. Keyin sochlar idish ichiga solinadi, shunda saqich muzlaydi. U qattiq va mo‘rt bo‘lib qoladi va sochlardan osongina olib tashlanadi. Muqobil variant – muz bo‘laklari. Ular faqat sochga qo‘llanadi va saqich muzlashi kutiladi. Keyin sochlar shampun bilan yuviladi.

Iste’mol sodasi

Qalin, xamirga o‘xshash aralashma hosil qilish uchun suv va iste’mol sodasi aralashtiriladi. Xamirni saqichga surtib, quriguncha kutiladi va keyin u cho‘tka bilan olib tashlanadi va soch shampun bilan yuviladi.

Limon

Limon sharbati quruq sochlar uchun konditsioner bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma sprey idishiga quyiladi va saqichga sepiladi. Biroz vaqt o‘tgach, saqichni sochdan tarab, olib tashlash mumkin.

Tish pastasi 

Tish pastasi yoki soch uchun ko‘pikni surtib, saqich ajralib chiqqunga qadar tarash tavsiya etiladi.



Категория: Qiziqarli
Просмотров: 2096 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
pari0830 %) bunaqa holatga so hi uzun qizlar tushib qoldi yomonda...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное