Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Sochingiz to‘kilyaptimi? Sinalgan 4 resept!


Agar sizni soch to‘kilishi, “gullashi“, tolasi sinishibezovta qilayotgan bo‘lsa, quyidagi niqoblarni sinab ko‘ring. Umid qilamizki, ular sizga yordam beradi.

Xantal + zaytun moyi

3-4 osh qoshiq xantal kukunini 2 osh qoshiq iliq suvda aralashtirib oling. So‘ng unga bir dona tuxum sarig‘i, 2-3 choy qoshiq shakar va 2 osh qoshiq zaytun yog‘idan qo‘shing. Niqob soch ildiziga surtilgach, boshga sellofan xalta o‘raladi. 20 daqiqadan so‘ng niqobni yuvish mumkin.

Tuxum + sarig‘i

Bir dona tuxum sarig‘iga bir osh qoshiq suyuq asalni aralashtirib, namlangan soch ildiziga surtib chiqing. 15 daqiqadan so‘ng sochni avval iliq suvda, so‘ng limon sharbati aralashtirilgan suvda chayib oling.

Piyoz + sarimsoqpiyoz

2 osh qoshiqdan piyoz va sarimsoqpiyoz sharbatini aloµida idishga soling. Ozroq o‘simlik yog‘i yoki qatiq qo‘shing. Aralashma nam soch ildiziga surtilib, 15 daqiqa qoldiriladi. Niqobni chayib olishda olma sirkasi qo‘shilgan suvdan foydalanish lozim. Shunda sochdan piyoz µidi kelib qolmaydi.

Xina + qatiq

Bu resept juda oson tayyorlanadi. 2-3 osh qoshiq yog‘siz qatiqqa 5-6 osh qoshiq xinani aralashtirib, soch ildizi va uzunligi bo‘yicha surtib qo‘yish kerak. 20 daqiqadan so‘ng niqob iliq suvda chayiladi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4512 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to‘kilyaptimi, Sochingiz, Sinalgan, 4 resept
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное