Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

«Soddagina qiz» premyerasidan fotoreportaj

Bugun 2013 yil 2 may soat 18:00da «Kinochilar Uyi» odamlar bilan liq to’ldi. Buning sababi esa yosh rejissor Jonrid Sagdievning navbatdagi filmi — «Soddagina qiz» kartinasining prem’erasi bo’lib o’tganidir. Premyerani taqdim etish uchun film ijodkorlari birin ketin kinosaroyga tashrif buyurishdi.

Zarina Nizomiddinova, Abdushukur Abdurahmonov, Jonrid Sagdiev, Otabek Mahkamov, Sug’diyona Azimova, Shuhrat Nuraliev va shu kabi ko’plab film ijodkorlarini film prem’erasida ko’rishingiz mumkin edi. Film taqdimotini Mr. Jocker olib bordi. Kartina haqida so’zlaydigan bo’lsak, qiziqarli voqelikni o’z ichiga olgan romantik komediya. Eng qisqa ta’rif menimcha mana shunday bo’ladi. Filmda shaxsan menga Zarina Nizomiddinova hamda Muhammad Iso Abdulhayirovlarning rollari juda manzur bo’ldi. Bu ikki aktyor o’zlariga qo’yilgan vazifani a’lo darajada uddalay olishgan deb hisoblayman. Qolgan aktyor va aktrisalarning ijrolari ham albatta tahsinga loyiq. «Zamin Film» kinostudiyasi tomonidan taqdim etilayotgan mazkur filmni ertadan boshlab shahrimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin. Prem’era jarayonida suratga olingan fotosuratlar «Real Time» studiyasi tomonidan Tarona.net va Sb.uz portallari uchun maxsus suratga tushirilgan.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 10572 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное