Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Sony o'z smartfonlaridan suv tagida foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda

Sony kompaniyasining qo'llab-quvvatlash sayti sahifasida kompaniya o'zining namlikdan himoyalangan smartfonlaridan suv ostida foydalanmaslikni tavsiya qilgan ma'lumot paydo bo'ldi. 

Sony’ning ko'pchilik smartfonlari IP68 standarti bo'yicha himoyalangan. Bu ular bilan suv ostida 1,5 metr chuqurlikda 30 daqiqa davomida bo'lish imkonini beradi. Biroq saytda qurilmaning namdan himoyalanganligi jarayoni laboratoriya sharoitlarida o'tkazilishi aytilgan. Qurilma chuchuk suvli katta idishga 1,5 metr chuqurlikka tushirib qo'yiladi va 30 daqiqadan keyin olinadi. Smartfon bu barcha vaqt davomida “uyqu” rejimida bo'ladi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, kompaniya cho'ntakda qurilma bo'lgan holda basseynga sakrashdan keyin qurilmaning ishlashiga kafolat bera olmaydi. Bundan tashqari, smartfondan suv ostida foydalanish mumkin emas. Biroq ba'zi promomateriallarda undan suv ostida foydalanilgani aks etgan.

Kompaniyaning saytidagi bunday xabar birinchi marta Sony Xperia Z3+ smartfoni bilan bog'liq holda paydo bo'lgan edi. Berlindagi IFA 2015 ko'rgazmasida namoyish qilingan Z5 smartfonlar qatori chiqishi bilan bu ogohlantirish kompaniyaning barcha suv o'tkazmaydigan smartfonlariga nisbatan qo'llanmoqda.



Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 4647 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sony o'z smartfonlaridan suv tagida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное