Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Sovet davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan 120 nafar O‘zbekiston fuqarosi oqlandi

O‘zbekistonda Sovet davrida qatag‘on qilingan fuqarolarning sud ishi qayta ko‘rib chiqilib, 120 nafar o‘zbekistonlik oqlandi. Bu haqda Oliy sud xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oliy sudga 2021-yil dekabr oyida 120 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilgan. 6-yanvar kuni jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 120 nafar shaxs oqlangan.

Xususan, O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) hay’atining 1925-yil 4-sentyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Mirza Ibragimov Mir Axur va boshqalar (jami 43 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 61-moddasi (xorijiy mamlakatlar yoki ijtimoiy guruhlar foydasiga og‘ish) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda urushni e’lon qilish hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etish, 67-moddasi (aksilinqilobiy tashkilotlarga a’zolik qilish) va 69-modda (inqilobiy harakat va proletariat sinfiga qarshi faol harakat yoki kurashish) ya’ni fuqarolar urushi vaqtida aksilinqilobiy hukumat tuzishda aybli deb topilib, surgun jazosiga hukm qilinib, ularga tegishli mol-mulklar musodara etilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili huzuridagi Uchlik yig‘inining 1930-yil 24-yanvardagi qaroriga ko‘ra, Appax Xodja Asqar Xodjayev va boshqalar (jami 40 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 78-moddasi (banditizm) sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo-otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930-yil 24-martdagi bayoniga ko‘ra, Abduraximov Mirza Xodja va boshqalar (jami 15 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 67 va 78-moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo – otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Rossiya Federativ Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Inqilobiy tribunali Turkiston Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1921-yil 23-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, Sharif Xodjayev Sadriddin Xon va boshqalar (5 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 67 va 78-moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli, deb topilgan.

“Mustaqillik yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi”, — deyiladi xabarda.

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 855 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fuqarosi, davrida, O‘zbekiston, qatag‘on, qurboni, bo‘lgan, 120, Sovet, oqlandi, nafar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное