Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - All I want
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Sovuq havoda terini parvarish qilish usullari


Salqin havo oqimi kelishi va uylarni isitish mavsumi boshlanishi bilan terimiz azoblana boshlaydi. Bunga sabab, ko‘chaning sovuqligi va xonaning esa quruq havodan iboratligi. Bunday holda teri quriydi, yoriladi va qizarib ketadi. Natijada noqulaylik va ba’zan og‘riqni keltirib chiqaradi.

Ko‘pchilik, bunday holatlarda yog‘li kremlardan foydalanish yetarli deb o‘ylaydi, ammo dermatovenerolog Aleksey Yedemskiy bu fikrga qo‘shilmaydi. Uning so'zlariga ko‘ra, sovuqda terini himoya qilish masalasiga yana-da chuqurroq e’tibor qaratish kerak. Mana, sizga rioya qilishni tavsiya etadigan 7 ta oddiy qoidalar.

Sovuqdan himoyalaning

Eng oddiy va juda muhim qoida. Bunga negadir ko‘pchilik e’tibor bermaydi. Kuz-qish davrida haddan tashqari sovuq bo‘ladi, shuning uchun ob-havoga mos ravishda kiyinishga harakat qiling, qo‘lqop va sharflardan foydalaning. Sovqotgan qo‘llaringizni va yuzingizni issiq suvda yuvmang. Haroratning keskin almashishi tufayli yuzlarda mayda qon-tomirchalarni paydo bo‘lishiga olib keladi.

Terining po‘st tashlashi

Kuz va qishda terida po‘st tashlashi kuzatilishi mumkin. Tarkibida karbamid bo‘lgan kremlar undan xalos bo‘lishga yordam beradi. Uning yordami bilan terining zararlangan joylari tezroq yangilanadi va namlanadi, natijada teri avvalgi ko‘rinishiga qaytadi. Ammo po‘st tashlash sezilarli darajada bo‘lsa, mutaxassis bilan bog‘lanishingizni maslahat beramiz.

Lablarning yorilishi

Lablaringizga g‘amxo‘rlik qilish vaqti keldi. Axir, ular kuzda har qachongidan ham ko'proq namlikka muhtoj bo'ladi. Lablar quruqlashib, yorilganda oziqlantiruvchi balzamdan foydalaning va kechasi yog'li kremlar surting.

"Kosmetik yordamchilarsiz" dush qabul qiling

Dush gellari teridagi yog'larni tozalash xususiyatiga ega, lekin ko'pincha uning qurib ketishiga olib keladi. Sovuq mavsumda, teri allaqachon tashqi omillardan aziyat chekayotgan bo'lsa, ko'pikli kosmetikadan voz keching.

Havo haroratiga e'tibor bering

Isitish mavsumi boshlanishi bilan uyingizdagi havo juda quruq bo'ladi, shuning uchun teringiz ham, tanangiz ham azoblanadi. Noxush oqibatlarga yo'l qo'ymaslik uchun havo namlantirgichni sotib oling. U xonadagi zarur namlikni saqlaydi, bir qator kasalliklar va teridagi muammolarning oldini olishga yordam beradi.

Yog'li kremlardan foydalaning

Ehtimol, bu usul hammaga tanish. Kuzda va qishda terini namlantiruvchi kremlarni ishlatishingiz kerak. Ularni tashqariga chiqishdan bir necha soat oldin qo'llash lozim. Aks holda, sovuq havoda singishi qiyin bo'lib, teriga zarar yetkazishi mumkin.

Ovqatlanish tartibiga e'tibor bering

Ko'pchilik e'tiborsiz qoldiradigan yana bir muhim qoidalardan biri kuzda to'yingan yog'larga boy mahsulotlar, masalan, baliq va tozalanmagan o'simlik moylari sizning taomnomangizda bo'lishi. Bundan tashqari, iste'moldagi shakar miqdorini kamaytirish kerak, chunki bu terining holatiga ta'sir qiladi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3096 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sovuq havoda, parvarish qilish, terini, usullari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное