Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qirolicha - Soundterck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Klon-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. TisMarHan-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sovuq kunlar endi boshlanadi: qor yog`ishi va 17 darajagacha sovuq bo`lishi kutilmoqda


Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 fevral kunlari O`zbekistonda bo`ladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Yakshanba kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 fevral kuni yomg`ir yog`ishi mumkin. 5 fevral kuni ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo`ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo`ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi. 3 va 6 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg`ir, 5 fevral kuni esa qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo`ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…-7, kunduzi +2…+7, 5-6 fevral kunlari kechasi -9…-17, kunduzi -3…-10 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg`ir, 5 fevral kuni esa qor yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi -3…+2, kunduzi +10…+15, 4 fevralda kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 daraja bo`ladi. 5-6 fevral kunlari kechasi -7…-12, kunduzi -2…-7 darajani tashkil qiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg`ir, 5 fevral kuni esa qor yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…+5, 5-6 fevral kunlari 5…-10, 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda 0…-5 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3-4 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 5-6 fevral kunlari ayrim joylarda qor yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi 0…+5, 4-6 fevral kunlari 3…-8, 3-4 fevral kunlari kunduzi +10…+15, 5-6 fevralda 0…-5 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba`zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi -3…+2, kunduzi 0…+5, 5-6 fevral kunlari kechasi -13…-18, kunduzi -10…-15 daraja bo`ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9526 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, ob-havo, sovuq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное