Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qirolicha - Stakan Version
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ayol Qalbi - True Love
. Choli Qushi-soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sug‘diyona Azimovadan hamisha go‘zal ko‘rinish sirlari

Aslida, u aktrisa emas. Ammo san’atga bo‘lgan mehri va tabiat in’om etgan iqtidori tufayli bizga yaxshi tanish. Sardor Rahimxonning «Malikam endi qara», Ulug‘bek Rahmatullaevning «Layloyimsan» kliplaridagi ijrosi esa unga mashhurlik keltirdi. Tinib-tinchimas, o‘z fikriga ega va qat’iyatli qahramonimiz ijoddan tashqarida professional vizajist. «Hamisha chiroyli ko‘rinishining ham siri shunda ekan-da», deysizmi? Buni qarangki, bu savol bizni ham o‘ylantirib qo‘ydi-yu, javobini bilish uchun Sug‘diyona AZIMOVAning o‘ziga yuzlandik. 
«Eng birinchi qoidam!»
— Har kuni kechqurun yuzimni pardoz vositalaridan tozalab olgach, iliq suvda chayaman-da, uqalash muolajasini bajaraman. Bu muntazam bajaradigan muolajalarim. Yuz terisi massaj qilinganida qon aylanishi yaxshilanib, teri kataklari ochiladi. Qarabsizki, teringiz qariymadi, ajinlar «mo‘ralashi»dan ham xavotirga tushmaysiz. Go‘zal ko‘rinishni istaganlar uchun bu eng yaxshi, eng qulay va oson chora. 
Kremlar haqida
— Bolalar uchun mo‘ljallangan kremlardan a’losi yo‘q. Qolaversa,  yuz terisi parvarishida ular juda yaxshi vositadir. Bu turdagi kremni ertalab ham, kechqurun ham surtaman. Kundalik pardozda yuz terimga mos kremdan surtib, so‘ng upadan foydalanaman. Bahor quyoshida faqat krem bilan cheklanish ham to‘g‘ri emas. Terini kuydirishi mumkin. 
«Sochlarimga xina bo‘yayman!»
— Ilgari tayyor bo‘yoqlardan foydalanardim. Ammo sochimga nojo‘ya ta’siri bo‘layotganini ko‘rib, xinaga bo‘yab ko‘rdim. Natijasi kutganimdek! Endi faqat xina ishlatayapman. Xinaga basmani aralashtirib, qo‘llasangiz, soch rangi tiniq bo‘lib, tovlanib turadi. Shu bilan birga, tabiiy vositalar aralashmasi sochni oziqlantirib, o‘sishini ham tezlashtiradi. 
«Sinalgan reseptim!»
— 2 osh qoshiq xantalga bittadan V6, V 12 vitaminlari (ampulada) 1 osh qoshiq  asal, 1 dona tuxum sarig‘i va 2 choy qoshiqda qand upasi qo‘shiladi. Masalliqlar yaxshilab aralashtirilgach, boshga surtasiz-da, 30 daqiqaga qoldirasiz. So‘ng iliq suvda chayib olsangiz kifoya. Xantalli niqob soch ildizini mustahkamlab, to‘kilishini kamaytiradi. Bu mening ishonchli reseptlarimdan biri. Diqqat qiling, agar xantalni ko‘paytirib yuborgan bo‘lsangiz, bosh terisi qurib, ko‘chishi ko‘chishi mumkin. Bunda xuddi qazg‘oq tushgandek ko‘rinadi-yu, aslida esa bu teri ko‘chishidir. 
«Pardozda adashmang!»
— Oqshom yoki biror tadbir uchun pardoz qilayotgan bo‘lsangiz, yuz terisi hamda soch rangini inobatga oling. «Modasi shu ekan» deb ko‘z qovoqlarini to‘q ranglar-u labingizni qip-qizil bo‘yoqqa bo‘yab olmang. Kundalik pardozga qo‘lingiz kelishadi-yu, ammo bayram uchun ikkilansangiz, bu ishni mutaxassisga qo‘yib bering. 
«Yoshingizni hisobga oling!»
— Qiz-ayollarga maslahatim, hamisha yoshingizga mos kosmetik vositalarni ishlating. Xarid vaqti krem yoki upa yorlig‘ida +30, +50 yozuvlariga e’tibor bering. Ba’zilar teri imkoniyatini hisobga olmay, oziqlantiruvchi kremning duch kelganini tanlayverishadi. Bu noto‘g‘ri. Har bir yoshning o‘z parvarishlash usullari bor. Bilib-bilmay tanlangan vosita teriga erta ajin tushishini keltirib chiqaradi.  
«Xohish bo‘lsa, imkon topiladi!»
— Go‘zal ko‘rinishni istasangiz, hammasiga ulgurasiz. Istak bo‘lsa bo‘lgani. Tirnoqlaringiz sinuvchanmi, qo‘llaringizga 5-10 daqiqalik tuzli vannalar qabul qiling. Oyoqlaringiz toliqdimi, suv jo‘mragini yoqing-da, oyoqlaringizni iliq suvda ushlab turing. Har kuni yotishdan oldin sochlaringizni tarang. Qon aylanishi yaxshilanadi. Harakatchan bo‘ling, ortiqcha vazndan holi bo‘lasiz. Eng asosiysi, kunni tabassum bilan boshlang!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4051 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sug‘diyona Azimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное