Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sunday do‘konidagi narxlar qimmatligidan shikoyat qilishdi

Narxlar esa aql bovar qilmaydigan darajada. Nescafe Gold qahvasi 22.000 so‘m, Heinz bolalar bo‘tqasi ko‘pchilik do‘konlarda 16-17 ming so‘m bo‘lsa, bu do‘konda 20.000 so‘m ekan.
Facebook.com ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Leonela Tkacheva Potrebitel.uz guruhiga Sunday tarmoq super marketi ustidan shikoyatini yozib qoldirdi.

Hurmatli iste’molchilar, Sunday super marketida mahsulotlarga 20 foiz chegirma ketayotganidan xabar topib, shu do‘konga kirib ko‘rdim. Chegirma esa ma’lum mahsulotlarga nisbatan amal qilar ekan. Narxlar esa aql bovar qilmaydigan darajada. Nescafe Gold qahvasi 22.000 so‘m, Heinz bolalar bo‘tqasi ko‘pchilik do‘konlarda 16-17 ming so‘m bo‘lsa, bu do‘konda 20.000 so‘m ekan. Do‘konda banandan tashqari barcha mahsulotlarning narxi juda baland. Shuning uchun ham kerakli mahsulotlarning uyimiz yonidagi do‘kondan xarid qildim, deydi Leonela Tkacheva.

Yuqoridagi shikoyat yuzasidan Sunday super marketi xodimi Umar Abrorov aloqaga chiqib, Facebook.comga o‘z izohini qoldirdi. Hurmatli mijozlar, super marketimizga tashrif buyurganingiz uchun katta rahmat!”, deya gap boshlagan xodim bugun do‘konlar va bozorlar o‘rtasidagi raqobat kuchli ekanini ta’kidlab, super marketda narxlar bu darajada emasligini, bunga o‘zlari guvoh bo‘lishlari mumkinligini aytib, xaridorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Bugungi kun iste’molchisi kechagidan ancha farq qiladi. Talab va taklif ortgani sari xaridorlarning iste’molchilik madaniyati ham o‘sib boryapti. Har qanday do‘kon va xizmat ko‘rsatish ob’ekti avvalo iste’molchi manfaatlarini inobatga olgan holda faoliyat yuritsagina ishida unum va baraka bo‘ladi.
Qamariddin Shayxov


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2617 | Рейтинг: 0| Рейтинг: narxlar qimmat, shikoyat qilishdi, Sunday do‘koni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное