Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Super-kontrakt pullari kimning "cho‘ntagi"ga tushadi?

10-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbar xodimlari va jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu yilgi ta’lim tizimidagi yangiliklar va ko‘pchilikni qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.

Darhaqiqat, bu yil to‘lov kontrakt tizimida bir qancha yangiliklar va o‘zgarishlar kutilmoqda. Mavzu yuzasidan jurnalistlarning super-kontrakt pullari qayerga va nima maqsadlarda sarflanadi? degan savoli ham o‘rtaga tashlandi.

– Orttirilgan to‘lov kontrakt Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini yaxshilashga sarflanadi. Masalan, yotoqxona va fakultet binolarini ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, universitetimizda mingdan ortiq xodim bor. Ularning ijtimoiy himoyasi uchun beriladigan mablag‘ ham ushbu tushumlar hisobidan ajratiladi. Qolaversa, universitet hisobiga pul tushganidan so‘ng, biz qo‘l ostimizda ishlayotgan barcha xodimlarimizning bir yillik ijtimoiy himoyalanishiga pul ajratish uchun kafolat beramiz, – deb ma’lumot berdi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G‘anisher Rahimov.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2776 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Super-kontrakt
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Lola2000 Afsuski sentyabr oyi yakuniga yetay deyapti lekin hali ham super kontrakt narxi aniq emas.
O'qish istagida bo'lganlarning sabr kosasi deyarli to'lyapti.
Xalqni kuttirish yaxshi emas. 8oI
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное