Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Surxondaryoda kunduzi bolalar ayovsiz jazolanadigan tunda esa fohishaxonaga aylanadigan bog`chalar fosh etildi




Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda insonni junbushga keltiradigan dahshatli voqealar aks etgan video tarqaldi. 

Video tasvirda Surxondaryoning Denov, Angor va Termiz shaharlaridagi maktabgacha ta`lim muassasalarida tungi paytlarda qo`shmachilik va fohishaxona saqlash faoliyati yuritilganlik holatlari aniqlangani aks etgan.

Tasvirda huquq-tartibot idoralarining tezkor tadbirlari natijasida bog`cha qorovullari Musaev Muhiddin va Allayorov Rustam qo`shmachilik va fohishona saqlash jinoyatini sodir etganligi ma`lum bo`lgan.

Surishtiruvlar natijasi shuni ko`rsatdiki, ikkala qorovul avval ham mazkur jinoyatni sodir etib kelgan. Ularning ichkilikka ruju qo`yganidan bog`cha mudiralarining ham xabari bo`lgan.

Bolalar tarbiya topishi kerak bo`lgan maskanlarda fohishaxona saqlash jinoyatlari viloyatning boshqa tumanlarida ham amalga oshirilayotganligi ma`lum bo`lgan.

Videodagi tasvirlarda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 10-MTMning ayrim tarbiyachilari tunda mijozolarga intim xizmat ham ko`rsatish bilan ham shug`ullangan.

Denovdagi 10-MTMda kechgan bir holat ayniqsa itimoiy tarmoq foydalanuvchilarini larzaga solib, minglab noroziliklarga sabab bo`ldi. Ushbu manzarada pichoq o`qtalgan katta yoshli “tarbiyachi” va unga sherik bo`lgan 3 nafar hamtovoqlari bolalarni birma-bir qo`rqitish bilan shug`ullanganli, bunga esa bolalarning she`r yodlamasligi yoki qandaydir hodisani ota-onasiga aytib berayotganligi sabab qilib ko`rsatilmoqda. Eng ajablanarli tomoni shundaki, bolalarni qo`rqishi va yig`lashiga "tarbiyachi" ayollarning qah-qah otib kulgan holda tomoshabin bo`lganligidir.

Yuqoridagi holatlar aks etgan video 2016 yilning noyabr oyida yashirin kameralar orqali qayd etilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda aybdorlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik kodeksi hamda jinoyat kodekslarida belgilangan tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan va ularga nisbatan jazoning muqarrarligi ta`minlash borasida sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Videoni tomosha qilgan minglab internet foydalanuvchilar bolalarni qo`rqitgan "tarbiyachi"larga nisbatan juda qattiq chora ko`rilishi kerakligini, ular o`z qilmishlari uchun albatta javob berishlari kerakligi hamda bunday holatlar kuzatilmasligi uchun barcha MTM videokameralar o`rnatilishi lozim degan fikrlarni bildirishmoqda.

Ish vaqtida bolalar ayovsiz jazolanadigan tunda esa foxishaxona sifatida faoliyat yuritadigan bu maskanlardagi mazkur holat yuzasidan “Darakchi” gazetasining muxbiri surishtiruv o`tkazdi. Voqea tafsilotlari hamda aybdorlarga ko`rilgan choralar bilan gazetaning 10-sonida tanishishingiz mumkin.

Ayol zoti tomonidan bolalarga nisbatan amalga oshirilayotgan bunday harakatlarni qanday oqlash mumkin?! Norasida go`daklar bilan bunday munosabat qilish qaysi insoniy me`yorlarga to`g`ri keladi. Nahotki, "tarbiyachi" nomi tugul ayol nomiga nomunosib bu ayollarning o`z farzandi bo`lmasa. Nahotki, azoblanayotgan bolani ko`ra turib, qah-qah otib kulish mumkin bo`lsa! Ushbu jinoyatlarni sodir etgan kimsalarga nisbatan qilmishlariga yarasha jazo tayinlanishi muqarrar.


 


Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 15961 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Surxondaryo, Bolalar, Fohishaxona, ijtimoiy tarmoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
Gulimm Ulim bunaqalarga
Like | 0
Asadbek2002 Ha tog'ri men ham shu fikrga qoshilaman barcha MTM  videokameralar     qoyilishi lozim.
Buni shunday qoldirib bolmaydikuuu axir.
Men bu habarni eshitib judayam larzaga keldim qanday sharmandalikk.
Eh esiz essiz bunday tarbilyachilar. no  8oI
Like | 0
Liliya Bechora boĺalar. Bekor óqibman. Endi umuman bolamni bog'chaga bermiman
Like | 0
sanjarezoz Manimcha hamma bog‘chalarda kuzatuv kamerasi bo‘lishi shart. O‘shanda ota-onalar ham xotirjam yuradi i ba‘zi yuzsiz bog‘cha opalaram o‘rnini biladi. Oz bo‘lsa ham hayiqadi birovni bolasini urgani. Chet elda shunaqa. Daje uyida bolasini xonasigacha qo‘yadi. Mani bolamni birov ursa chidomiman. Tag‘in bu bechora go‘daklani pichoq bn qo‘rqitgan. Farzandimni bog‘chaga qo‘yishdanam qo‘rqib qoldm videosini ko‘rib.
Like | 0
NuR_KR Nimasi bu
Like | 0
NuR_KR Fuuu blin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное