Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Suv Parilari uchun uy” filmi markaziy osiyoning eng yaxshi filmi deb tan olindi

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan “Ak Ilbirs” kinofestivalida Yolqin To‘ychievning “Suv parilari uchun uy” filmi ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun aktrisa Shahzoda Matchonova o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali “Suv parilari uchun uy” filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi bo‘lganini ma’lum qildi.
“ ‘Suv parilari uchun uy’ filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi bo‘ldi. Biz ‘Ak Ilbirs’ mukofotini qo‘lga kiritdik. Bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat! Bu butun ijodiy jamoaning yutug‘i”,—deb yozdi Shahzoda Matchonova.
Fursatdan foydalanib, biz ham tahririyatimiz nomidan film ijodkorlarini qo‘lga kiritilgan nufuzli mukofot bilan tabriklaymiz!


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3842 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Suv Parilari uchun uy, eng yaxshi film
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное