Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ta’lim sohasidagi mansabdor shaxslarning qilmishlari oshkor etildi


Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi mansabdor shaxslarining qilmishlari fosh etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mas’ullar 2017-2018 yillar davomida ta’lim jarayoniga jalb qilinmagan o‘qituvchilar tomonidan dars o‘tilganligi to‘g‘risida dars jadvallariga soxta ma’lumotlar kiritgan. Ushbu ma’lumotlar asosida 9 nafar o‘qituvchiga o‘tilmagan o‘quv mashg‘ulotlari uchun soxta buyruqlar rasmiylashtirilib, 9,2 mln. so‘m ish haqlari to‘langan. Shuningdek, markazning 3 nafar rahbar xodimiga asosiy va o‘tishi mumkin bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari dars soatlari uchun 7,4 mln. so‘m ish haqlarini noqonuniy ravishda to‘lab, jami 16,7 mln. so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2033 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ta’lim sohasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное