Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Tangem” o‘zbek xalqiga videomurojaat yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi turizm elchisi – “Saroy javohiri” serialidagi Tangem roli orqali tanilgan aktrisa Li Yon E o‘zbek xalqiga videomurojaat yo‘lladi.

Videomurojaatda Li Yon E koronavirus pandemiyasi asoratlarini yengishga doir sa’y-harakatlar, shuningdek, Sirdaryo viloyatida Sardoba to‘g‘onining yorilishi bilan bog‘liq favqulodda holat munosabati bilan xalqimizga qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini bildiradi, deya ma’lum qildi Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov. 
“Qadrli, O‘zbekiston ahli! Sizlarga hech qachon umidni yo‘qotmaslik va mavjud qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch-quvvat tilayman! Tez kunlarda O‘zbekiston televideniyesida namoyish etiluvchi “Saimdan” seriali ham hayotda har qanday qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramay, umid va shijoatni yo‘qotmaslikka chorlaydi. Umid qilamanki, bu ishonch siz aziz o‘zbekistonliklarga ham yaqin bo‘ladi. Men, o‘z o‘rnimda, chin qalbimdan imkon qadar tezroq O‘zbekistonga borib, sizlar bilan uchrashishni intiqib kutyapman”, deyiladi murojaatda. 
 

VIDEONI KO'RISH


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 10257 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbek xalqi, Tangem
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное