Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Taniqli rejissor Melis Abzalov vafot etdi





O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli rejissor Melis Abzalov vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.
O‘zbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyandalaridan biri hisoblangan Melis Abzalov 18-noyabr kuni 78 yoshga to‘lgan bo‘lardi.
 
Melis Abzalov 1938-yil 18-noyabrda Yangiyo‘lda tavallud topgan. Abzalov 1961-yil Toshkent davlat san’at institutini tugatgan. 1962-yil “O‘zbekfilm”da ishlashni boshlagan. 1961—1962-yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor boʻlib ishlagan. 1962—1965-yillar “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissor assistenti, keyinchalik rejissor va aktyor, 1989-yildan “Vatan” kinostudiyasining badiiy rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan.
 
Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin boʻlib, ular o‘ziga xos milliy bo‘yoqlarga boyligi, xarakterlarning to‘liq ochilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika o‘tkir satirik epizodlar bilan uyg‘unlashib ketadi.
 
Abzalov aktor sifatida Abdulla (“Yettinchi o‘q”), Olloyorboy (“Inson qushlar ortidan boradi”), Eshon Zaynullo (“Qo‘qon voqeasi”), Qorashoh (“Arslonning sarguzashtlari”) va boshqa obrazlarni yaratgan. Rejissor sifatida “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Armon”, “Maysaraning ishi”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “O‘tgan kunlar”, “Chimildiq” kabi filmlarni ishlagan.
 
Uning filmlaridagi dialoglar maqolu matallariga aylanib ketgan


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6942 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Melis Abzalov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное