Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Pazanda - Im Loving You
. Soundtreck-Великолепный Век
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Taqdir hazili” filmi 40 yoshga to‘ldi

2016 yilning 1 yanvarida “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling” filmining keng tomoshabinlar ommasiga taqdim etilganiga 40 yil to‘ldi. Ushbu film MDH davlatlarida Yangi yil bayramining nishonalaridan biriga aylanib ulgurgan mashhur kartinadir.
Filmga asos vazifasini bajargan pesa 1969 yili Eldar Ryazanov va Emil Braginskiy tomonidan yozilgan. Moskvadagi birorta teatr uni namoyish etmagan, lekin joylarda katta shuhratga erishgan.
Ryazanov va Braginskiy pesa asosida ssenariy tayyorlagan, ammo davlat kino qo‘mitasi uni ichkilikbozlik targ‘ibotiga yo‘yib, uzoq vaqt qabul qilmagan. Shunda mualliflar postanvokani televideniega taklif qildi, rahbariyatga g‘oya ma’qul tushdi, natijada uning buyurtmasiga ko‘ra film “Mosfilm”da suratga olindi.
Filmning telepremerasi 1976 yilning 1 yanvarida bo‘lib o‘tdi. U Markaziy televideniening Birinchi dasturi orqali namoyish etildi. Birinchi namoyish auditoriyasi 100 mln tomoshabinni to‘play oldi.
Eldar Ryazanovning ta’kidlashicha, taqdimotdan so‘ng unga ko‘plab minnatdorchilik xatlari kelib tushgan. Bir necha oydan so‘ng film qaytadan namoyish etilgan, kinoteatrlar uchun kartina qayta ishlangan.
2007 yili Timur Bekmambetov filmning davomini suratga oldi. Uning qahramonlari birinchi film asosiy obrazlarining farzandlaridir. Eldar Ryazanov har ikki filmda ham bir xil rolni ijro etdi – shirakayf bosh qahramon samolyotda uning yelkasiga bosh qo‘yib uxlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, film muallifi Eldar Ryazanov o‘tgan yilning 30 noyabr kuni olamdan o‘tdi.
Kartina qahramoni Jenya Lukashin istiqomat qiladigan 3-Quruvchilar ko‘chasi 60-yillardan Mariya Ulyanova nomi bilan atala boshlangan. Bosh qahramon yashab kelgan uy shaharni yangilash dasturi doirasida buzib tashlangan.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6919 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Taqdir hazili yoki qushday yengil b
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное