Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Taxtlar o‘yini” uchun harbiy tajribaga ega ommaviy sahna aktyorlari qidirilmoqda

Ispaniyada “Taxtlar o‘yini” seriali uchun kasting e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Nomzodlar 13- va 14-sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi, tanlab olish bilan Modexpor International Casting kompaniyasi shug‘ullanadi.
18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollar va erkaklar taklif etiladi. Ta’kidlanishicha, barcha da’vogarlar “ozg‘in” bo‘lishi kerak. Erkaklarga nisbatan alohida talablar ularning sportchilarga xos qomatga va harbiy tajribaga ega bo‘lishidan iborat.
Kastingga minglab da’vogarlar kelishi kutilmoqda, ammo saralashda 2,4 ming erkak va 600 ayol ishtirok eta oladi, xolos.
Suratga olish ishlari 14-noyabrdan 15-dekabrga qadar Kaseres provinsiyasida bo‘lib o‘tadi. Kastingdan o‘tganlar kuniga 54 yevrodan maosh oladi.
Avvalroq “Taxtlar o‘yini” serialining oxiridan oldingi — yettinchi mavsumini suratga olish ishlari rasman boshlangani xabar berilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3019 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Taxtlar o‘yini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное